Franchayzing
Franchayzing (ingliz. franchising), yoki
franshiza (gallits. franchise — imtiyoz), yoki
tijorat konsessiyasi — bozor subyektlari oʻrtasidagi munosabatlar turi; bir tomon (
franchayzer ) ikkinchi tomonga (
franchayzi ) tadbirkorlikning maʼlum bir turida ish yuritishning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan biznes modelidan: franchayzerning brendi, savdo belgisi, xom ashyosi va texnologiyalaridan foydalanib, uning nomidan ish yuritishga haq evaziga (akkord; bir yoki koʻp martalik toʻlov) ruxsat berishi.
Franchayzing tushunchasi
Umumiy maʼnoda, franchayzing — bu savdo belgisi yoki kommersion belgini „ijaraga olishni“ bildiradi. Franchayzingdan foydalanish franchayzer (franshizani beruvchi) va franchayzi (uni oluvchi) oʻrtasidagi kelishuv bilan tartibga solinadi. Shartnoma mazmuni har xil, oddiydan to juda murakkabgacha boʻlishi, tovar belgisidan foydalanishning eng kichik tafsilotlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Odatda, shartnomada franchayzingdan foydalanish uchun pul ajratmalar miqdori tartibga solinadi (bu maʼlum bir muddat uchun belgilangan bir martalik yoki sotishning foizidan kelib chiqadigan to'lov boʻlishi mumkin). Pul ajratmasi boʻyicha hech qanday talab boʻlmasligi ham mumkin, ammo bu holda franchayzi franchayzerdan maʼlum miqdordagi tovarlar/ishlar/xizmatlarni sotib olish majburiyatini oladi.
Tovar belgisi/brenddan foydalanish shartlari shartnomalarning alohida bandi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Ushbu shartlar juda erkin boʻlishi ham mumkin (masalan, franchayzi maʼlum bir sohada brenddan foydalanish huquqiga ega) yoki qatʼiy ham boʻladi (masalan, franchayzi doʻkonning ichki interyerida javon va qatorlarning rangidan tortib, personalning ish kiyimlarigacha va uskunalardan foydalanishda franchayzerning talablariga qatʼiy rioya qilish majburiyatini oladi).
Filip Kotler franchayzingning quyidagi elementlarini alohida taʼkidlaydi:
Franchayzing shakllari
Franchayzing turlari
Ochiq resurs orqali franshiza tahlili
Har bir franshiza haqida koʻplab maʼlumotlarni: tarmoqda qoldirilgan fikrlardan tortib va ishlab turgan franchayzilarning manzillarigacha topish mumkin. Kompaniya vakillari bilan ham, ularning mijozlari bilan ham muloqot qilishning keng imkoniyati mavjud.
Kompaniya dinamikasi
Kompaniyani baholashda xaridlarning takroriyligi muhim mezon boʻlib xizmat qilishi mumkin. Mavjud franchayzi hamkor ikkinchi, uchinchi va keyingi franshizalarni sotib olsa, bu franchayzingning maksimal sifati va rentabelligi belgisidir.
Franchayzini qoʻllab-quvvatlash
Franchayzer franchayzini qanchalik qoʻllab-quvvatlashini baholash muhimdir. Buning eng oson yoʻli mavjud franchayzi bilan aloqa qilishdir.
Huquqiy tahlil
Franshiza sotib olishdan oldin oddiy huquqiy tahlil oʻtkazish mumkin. Buning uchun shartnoma boʻyicha ochiq maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda bitimning maʼlum jihatlari tekshirish kifoya: yuridik shaxs, uning arbitrajlik ishlar boʻyicha sud tarixi, ijro protsessining mavjudligi va boshqalar. Bankrotlik holatida turgan kompaniya tomonidan franchayzing sotilgan holatlar mavjud. Shuningdek, savdo belgilarining ochiq reestriga koʻra qachon va kim tomonidan roʻyxatga olinganligi, bu franchayzing savdosi boshlanishidan oldin sodir boʻlgan-boʻlmaganligini va roʻyxatdan oʻtgan litsenziya shartnomalari hajmini baholash uchun tovar belgisini tekshirib koʻrish mumkin.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org