Frances Bavier




Frances Elizabeth Bavier (1902-yil 14-dekabr — 1989-yil 6-dekabr) marhum amerikalik sahna va televidenie aktrisasi. Dastavval, New York teatrida, keyinchalik, 1950-yillardan 1970-yillargacha kino va televideniyeda ishlagan. U 1960-yildan 1970-yilgacha The Andy Griffith Show va Mayberry R.F.D filmidagi Bee xola roli bilan mashhur. U 1967-yilda ushbu roli uchun ikkinchi darajali komediya aktrisasi uchun Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bavier qoʻshimcha ravishda „Itʼs a Great Life“ (1954—1956) serialida Amy Morgan rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan.

Yoshligi va faoliyati



Bavier New York shahrida Gramercy bogʻidagi jigarrang toshda statsionar muhandis Charles S. Bavier va Mary S. (qizlik familyasi: Birmingham) Bavier oilasida tugʻilgan. U dastlab Columbia universitetida oʻqiganidan keyin oʻqituvchi boʻlishni rejalashtirgan. U dastlab vodevilda paydo boʻladi, keyinroq Broadway sahnalarida rol ijro etishga oʻtadi.

Andy Griffith Show produserlari Bavier bilan muloqot qilishda ehtiyotkorona munosabatda boʻlishardi, chunki u sal narsaga hafa boʻladigan koʻngilchan ayol edi. Serial yulduzi Andy Griffith bir paytlar serial davomida ikkalasi orasidan ola mushuk oʻtganini tan olgandi. Larri King Live (2003-yil 27-noyabr) koʻrsatuvida Griffitning aytishicha, Bavier oʻlimidan toʻrt oy oldin unga qoʻngʻiroq qilgan va serial davomida „unga qiyinchilik tugʻdirgani“ uchun uzr soʻragan. Bavier Bill Ballard bilan Carolina Camera uchun bergan intervyusida „Aktrisa uchun rol yaratish va oʻzini namoyon qilish juda qiyin“ ekanligini tan olgan.

Bavier 1967-yilda komediyada ikkinchi darajali roldagi aktrisaning ajoyib ijrosi uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Keyingi yillar



1972-yilda Bavier aktyorlik faoliyatini yakunlaydi va Shimoliy Karolina shtatining Siler City shahridan oʻziga uy sotib oladi. Oʻzining tugʻilgan joyi Nyu-York oʻrniga Shimoliy Karolinada yashashni tanlagan Bavier shunday dedi: „Men Shimoliy Karolinani, barcha goʻzal yoʻllar va daraxtlarni sevib qoldim“. Bavier oʻz karyerasi ilk davrlarida Rassell Carpenterga turmushga chiqqan, lekin hech qachon farzand koʻrmagan. The Courier Tribune xodimi Chip Vomickning 1981-yildagi maqolasiga koʻra, Bavier oʻzining Siler shahridagi uyidan Rojdestvo va Pasxa muhrlari jamiyatlarini ishtiyoq bilan targʻib qilgan hamda koʻpincha dastxat soʻragan muxlislarga ilhomlantiruvchi maktublar yozgan. Bundan tashqari u Shimoliy Karolina shtati Siler City politsiyasi uchun 100 000 dollarlik ishonchli jamgʻarma qoldiradi. Uning foizlari har dekabr oyida bonus sifatida taxminan 20 nafar xodim oʻrtasida taqsimlanardi.

Vafoti



1989-yil 22-noyabrda u Chatham kasalxonasiga yotqiziladi va u yerda ikki hafta davomida koronar davolash boʻlimida saqlanadi. U 1989-yil 4-dekabrda, 87 yoshga toʻlishidan sakkiz kun oldin oʻz uyida vafot etgan.

Filmografiyasi




Televizion shartnomalari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz