France Football jurnali
France Football — butun dunyo boʻylab futbol yangiliklarini oʻz ichiga olgan fransuz haftalik jurnali. U, asosan, fotoreportajlar, eksklyuziv intervyular, UEFA Chempionlar Ligasi oʻyinlarining aniq statistik maʼlumotlari hamda Yevropa ligalarini keng yoritib borishi tufayli Yevropadagi eng nufuzli sport nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal birinchi marta 1946-yilda nashr etilgan va bosh qarorgohi Parijda joylashgan. Oltmish yildan koʻproq vaqt davomida u "Oltin toʻp" mukofotini yilning eng yaxshi futbolchisiga topshirib keladi.
Mukofotlar
1956 va 2009-yillar orasida France Football Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga "Oltin toʻp" mukofotini topshirdi. Mukofot 2010-yilda FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti bilan birlashgandan soʻng, jurnal FIFAning „Oltin toʻp“ini 2016-yilgacha sportning boshqaruv organi boʻlmish FIFA bilan hamkorlikda dunyoning eng yaxshi oʻyinchisiga topshirdi. 1959-yildan beri France Football ,shuningdek, Fransiyaning yilning eng yaxshi futbolchisini tanlab beradi. Undan tashqari, jurnal 1968-yildan 1990-yilgacha Yevropaning eng yaxshi klubini ham taqdirlagan.
France Football tomonidan taqdim etilgan mukofotlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org