Fran Karačić
Fran Karačić (1996-yil 12-mayda tugʻilgan) — Xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning “Breshiya” jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi. U Xorvatiyada tugʻilgan boʻlsada, Avstraliya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi vazifasida oʻynaydi.
Klubdagi karyerasi
2021-yil 14-yanvarda Karačić ikki yarim yillik shartnoma asosida B Seriyaning “Breshiya” jamoasiga kelib qo‘shiladi.
Xalqaro karyera
Karačićning otasi Sidneyda tugʻilganligi sababli u Xorvatiya yoki Avstraliyani terma jamoa sifatida tanlash huquqiga ega edi.
2017-yilda Karačić Xorvatiya yoshlar terma jamoasida yil davomida bir necha o‘yin o‘tkazdi, yoshligidan Avstraliyada katta bo‘lgan va Yevropa sharoitiga o‘rganmagan yosh futbolchi Xorvatiya yoshlar futbol terma jamoasida muvaffaqiyat qozona olmadi va bir yildan so‘ng Avstraliya terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. FIFA futbolchining yangi terma jamoada o‘ynashni boshlashi mumkinligini tasdiqladi.
2018-yil may oyida Karačić Avstraliyaning Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun dastlabki 26 kishilik tarkibiga kiritildi. 2018-yilning 25-mayida u FIFA tomonidan Avstraliya terma jamoasini himoya qilish uchun rasman ruxsat oldi. Shuncha urunishlarga qaramay keyinchalik Karachich yakuniy tarkibdan chetlashtirildi.
Karačić 2021-yil iyun oyida 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi oʻyinlari uchun yana Avstraliya terma jamoasiga chaqirildi va u yerda Quvaytga qarshi oʻzining ilk debyut uchrashuvini oʻtkazdi.
U 2022-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun Avstraliya terma jamoasiga safiga kiritilgan. Ushbu musobaqada Avstraliya terma jamoasi Fransiya, Daniya va Tunisga qarshi bahs olib borib, guruh bosqichidan Fransiyadan keyingi 2-o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi.
Karyera statistikasi
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org