Fragile




Fragile “ ingliz qoʻshiqchisi Sting ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 1987-yilda eʼlon qilingan ...Nothing Like the Sun nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 1988-yilda singl oʻlaroq chiqarilgan. Tarona Birlashgan Qirollik singllar xit-paradida 70-pogʻonagacha koʻtarilgan. Bundan tashqari, ashula Stingning 1988-yilda eʼlon qilingan Nada como el sol nomli mini-albomi uchun „Fragilidad“ va „Fragil“ nomlari ostida mos ravishda ispan va portugal tillarida ham kuylangan.

Qoʻshiq 1987-yil Nikaraguada gidroenergetika loyihasi ustida ishlayotgan chogʻida Contras tomonidan oʻldirilib ketilgan amerikalik quruvchi-injener Ben Linder xotirasiga bagʻishlangan.

„Fragile“ qoʻshigʻi Stingning 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari oqshomida yozilgan ...All This Time nomli konsert-albomida ochilish qoʻshigʻi oʻlaroq xizmat qilgan. Sting ushbu ashulani violangel chaluvchi Yo Yo Ma bilan birgalikda Yutaning Salt Lake shahrida oʻtkazilgan 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimida ijro etgan. Bundan tashqari, qoʻshiq 1995-yilda Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan The Living Sea nomli hujjatli filmda ham yangragan.

Trek-list



UK 7" Single

Bolivian 7" Single

UK CD Single/ UK 12" Single

Spanish 7" Single

European 7" Single

German 12" Maxi Single/ European CD Maxi Single

Uruguayan 7" Single

Canadian 7" Single/ US 7" Single/ Japanese 3" CD Single/ Japanese Promo 3" CD Single

Portuguese 7" Single

US Promo 7" Single

French 7" Single/ French CD Single

Spanish 7" Single

Mexican 7" Promo Single

French 12" Promo Single

Chartlar



Haftalik




Yillik




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz