Fozila Sulaymonova




Fozila Sulaymonova — (1919, Margʻilon, — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1991), professor.

Faoliyati



Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1941). Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan (1946-1948). Oʻzbekiston Milliy Universitetida katta oʻqituvchi (1948-1960), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat adabiyot muzeyida katta, yetakchi ilmiy xodim (1968-1978, 1998-2006), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida katta ilmiy xodim (1978-1998) boʻlib ishlagan. Koʻplab ilmiy maqola, monografiya va Sharq miniatyuralarini chop ettirgan.

Mukofotlari



«Sogʻlom avlod uchun» (1994), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari va Fransiya Fanlar akademiyasining oltin palma mukofoti (1998) bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz