Fozil Zohid




Fozil Zohid (Zohidov) (1926-yil, Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Eshimjiron qishlogʻi, – 2013) – Xorazmlik shoir, dramaturg, jurnalist va muxbir.

Oilasi




Otasi Zohid Maxdum ilmli, maʼrifatli, hofizi Qur’on kishilardan boʻlgan. Oʻtgan asrning 30-yillarida qatagʻon qurboni boʻlgan; mahbuslikda vafot etgan. Uch yoshida yetim qolgan Fozilni  Naqshbahdiya tariqati murshidi, bobosi Ibrohim eshon oʻz qaramogʻiga oladi.

Faoliyati



Maktab tahsilidan soʻng Fozil Zohid 1942-1946 yillar „Paxtakorlar ovozi“ tuman gazetasida faoliyat olib borgan. Askarlik xizmatini oʻtab qaytgach (1946-1950), 1985 yilgacha tuman gazetasida mas’ul kotib, "Xorazm haqiqati" viloyat gazetasida boʻlim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida ishladi (1958-1965).  1965 yildan mafaqaga chiqquniga qadar hozirgi "Oʻzbekiston ovozi" gazetasining Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri sifatida dolzarb mavzularda chiqishlar qildi.

Chop qilingan asarlari



Fozil Zohidning „Assalomu alaykum“ (1971),  „Gujumlar diyori“ (1977) toʻplamlari chop etilib, yuzlab maqola, lavha va ocherklari respublika matbuotida keng yoritilgan.

Ogahiy nomli Xorazm viloyat teatrida „Hamqishloqlar“ asari sahnalashtirilgan.  

Mustaqillik yillarida adib ijodi qizgʻin tus oldi. Rang-barang mavzularda: masnaviy, manzuma, toʻrtlik va fardlar, maʼnaviy-axloqiy mavzudagi maqolalar, xotiralar, hikmatlar, xalqona aforizmlar majmuidan iborat:

„Sado“ (1999)

„Soʻroqlasa meni doʻstlar“ (2008),

„Ota bogʻi“, „Hayitlik“ (2002),

„Zamaxshar shodalari“ (2011) kabi sheʼriy toʻplamlari

„Yaxshi soʻz muxtasar“ ,

„Agar qatrasi tomsa…“,

„Qirq hikmat“,

„Qirq kalima“,

„Otalar tuhfasi“ kabi oʻzaro bogʻliqlikdagi „Chashmadan qatralar“ (2009) nomli besh kitobdan iborat manzumasi,

„Uch yuz oltmish avliyo“ (1995), „Islom maʼrifati“ (1997), „Bozor va tijorat odobi“ (2003), „Jon va iymon ofati“ (2006) kabi maʼrifiy-tarixiy kitoblari.

„Biybozor“ (2003), „Komiljon Otaniyozovni taniysizmi?“ (2003), „Yodnoma“ (2005), „Niyomat hoji yodgori“ (2006), „Yodimdasiz azizlar“(2009) kabi  xotira kitoblari Fozil Zohid maʼnaviyat sarchashmasining tomchilaridir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz