Fozil Musayev




Fozil Musayev 1989-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Hozirda Eronning Sepahan futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarimhimoyachi.

Faoliyati



Fozil Musayev professional futboldagi faoliyatini 2007-yili Qarshining Nasaf futbol klubida boshlagan. U ushbu klub tarkibida 2008-yil oxiriga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 29ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yili u Qashqadaryoning yana bir boshqa klubi Muborakning Mashʼal klubiga kelib qoʻshiladi, Fozil Musayev gazchilar safida 3 mavsum oʻynab 44 marta klub shanini maydonda himoya qildi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi.

2011-yili u yana Nasafga qaytadi va oʻsha yili jamoa bilan birga AFC kubogi musobaqasining chempioniga aylanadi. Nasaf safida 2 mavsum oʻynaydi, 30 marta maydonga tushib 3ta golga mualliflik qiladi. 2013-yili Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma imzolaydi,, ammo ushbu klubda yarim mavsum oʻynab, 12ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi. Keyin u Qatarning Muaither klubi bilan shartnoma imzoladi. Musayev arab klubi tarkibida 2014-yilning oʻrtalariga qadar oʻynadi va ushbu vaqt oraligʻida 15ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilishga ulgurdi.

2014-yilning yozida u Oʻzbekistonga qaytadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzadi. Lokomotiv tarkibida mavsumning oxirigacha oʻynaydi, 22ta oʻyinda oʻynab, 2ta golni oʻz nomiga yozdirib qoʻyadi. 2015-yilning yanvar oyida, Eronning Sepahan klubi bilan shartnoma imzolaydi va shu vaqtga qadar u ushbu klubda 13ta oʻyinda maydonga tushdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Fozil Musayev bir qancha xalqaro musobaqalarda terma jamoa sharafini himoya qilgan. U Oʻzbeiston U-19 terma jamoasi safida AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida oʻynagan. 2011-yili Oʻzbekiston U-22 terma jamoasi va 2012-yili Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2012 musobaqasi uchun boʻlgan saralash bosqichlarida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yil 1-fevralda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 23ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.

Klubdagi statistikalari




Yutuqlar



Nasaf tarkibida

Lokomotiv tarkibida

Sepaxon tarkibida

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz