FOVIZM (Fransuzcha fauvisme, fauve — yovvoyi) — 20-asr boshlarida frantsuz rangtasvirida hukm surgan avangard badiiy oqim. Parijda 1905 yilda ochilgan kuzgi salon ko’rgazmasida namoyish etilgan asarlar mualliflari (rassomlar A. Matiss, A. Deren, A. Marke, J. Brak va boshqalar)ga zamonaviy tanqidchilar tomonidan kinoya tarzida berilgan nom. Fovizm asarlari bevosita naturani, borliqni kuzatish asosida yaratiladi, 19-asr an’anaviy san’atidan o’zining rangdorligi, hayotiy voqealarni erkin talqin etishi va shakl buzilishlariga yo’l qo’yishi bilan ajralib turadi. Rassomlar asarlarida primitive san’at, o’rta asr va Sharq san’ati uslublaridan ham foydalanib, yangi estetik tuyg’ularni berishga harakat qildi. Ijodkorning uncha murakkab bo’lmagan histuyg’ularini ifodalashda buyum hajmi, kenglik, havo perspektivasi kabilar yorqin bezak rang gammasi, jo’shqin rang surtmalari va boshqalar tomonidan siqib chiqarildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish