Fotoeffekt hodisasi
Fotoeffekt - yorug’lik ta'sirida jismdan elektron ajralib chiqishidir. Bu hodisani birinchi bo'lib, 1887-yilda G.Gerts kuzatgan va uni miqdoran A.Stoletov tekshirgan. 1898-yilda Lenard va Tomson fotoeffekt natijasida katoddan ajralib chiquvchi zarra elektron ekanligini zarralarning magnit maydonida oqishiga asoslanib aniqladi. Fotoeffekt hodisasini o'rganish uchun havosi so'rib olingan shisha idish, uning ichidagi katod va anod plastinkalari olinadi.
O'tkazilgan tajribalar natijasida rasmdagi volt – amper xarakteristikasi olingan.
Fotoeffektning 4 ta asosiy qonuni bor:
Tashqi fotoeffekt
Yorug’lik ta’sirida elektronlarning moddalardan ajralib chiqish hodisasi
tashqi fotoeffekt deyiladi. Bu hodisani 1887-yilda G.Gers kashf qilingan va u 1890 yilda rus fizigi Stoletov tomonidan o’rganilgan. Agar atom yoki molekuladan ajratib olingan elektron moddaning ichida erkin elektronlar sifatida qolsa, bunday hodisaga
ichki fotoeffekt deyiladi.
A.G.Stoletov tajribalari va qonunlari.
O’tkazgan juda ko’p nozik tajribalari asosida Stoletov fotoeffektning quyidagi qonunlarini aniqladi.
Eynshteyn tenglamasi.
Yorug’likning to'lqin nazariyasi va fotoeffekt orasida yuqorida bayon qilingan mos kelmasliklar mavjud. Shuning uchun 1905-yilda A.Eynshteyn yorug’likni kvant nazariyasini taklif qildi. Eynshteyn Plank nazariyasini yorug’lika nisbatan qo'llab, yorug’lik kvantlar tariqasida nurlanibgina qolmay, balki yorug’lik energiyasining tarqalishi ham, yutilishi ham kvantlashgan bo'lishini ta'kidladi. Bunda yorug’lik fotonlar (yorug’lik zarralari) sifatida qaraladi.
h
λ
{\displaystyle h\lambda }
energiyaga ega bo'lgan foton o'z energiyasini metalldagi elektronga beradi. Agar bu energiya yetarlicha katta bo'lsa, metalldan elektron ajralib chiqadi. Energiyaning qolgan qismi esa metalldan tashqariga chiqib olgan elektronning maksimal kinetik energiyasi sifatida namoyon bo'ladi. Buni
h
λ
=
A
t
+
m
v
m
a
x
2
2
{\displaystyle h\lambda =A_{t}+{\frac {mv_{max}^{2}}{2}}}
ko'rinishda ifodalash mumkin. Bu tenglama
Eynshteyn tenglamasi deb ataladi. Eynshteyn tenlamasi fotoeffektning barcha qonunlarini tushuntira oladi. Xususan qizil chegara uchun
h
λ
=
A
t
{\displaystyle h\lambda =A_{t}}
uz.wikipedia.org