Fotima Kuinova




Panira Ibragimova (1926-yil 28-dekabr Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2021-yil 28-dekabr, Kvins, Nyu-York, AQSH) ‎, sahnada Fotima Kuinova nomi bilan mashhur (tojikcha: Fotima Kuenova, forscha فاطمه کوینوا‎‎) – buxorolik yahudiy xonandasi, Shashmaqom janrida ijod qiladi.

Fotima Kuinova „Sovet Ittifoqida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Hayoti



Fotima Kuinova 1926-yil 28-dekabrda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan.

U oʻn uch yoshida yetti akasi va ikki singlisi bilan Tojikiston SSRning Stalinobod shahriga koʻchib oʻtdi, chunki otasi tijorat ishlari uchun Sovet hukumati tomonidan qamoqqa tashlangan va oʻldirilgan edi.

Uning oilasi buxorolik yahudiylardan edi va ularning familiyasi asli „Koen“ boʻlgan. Lekin u familyasini Stalin davrida yahudiylarni taʼqib qilmaslik uchun „Kuinova“ deb oʻzgartirgan.

Bolaligida u mashhur Mullojonlar oilasini bilar, Shoista Mullojonova bilan doʻst boʻlgan. Kuinova Oʻrta Osiyoda Stalincha sovet tuzumi davrida oʻsgan va rus tilini bilgan, ammo fors tilining lahjasi boʻlgan buxoriy tilini ham oʻrgangan.

Uning otasi ona shahridagi sinagoganing kantori boʻlib, qiziga musiqani oʻrgatgan.

Ijodi



Kuinova yoshligida turli festivallarda qoʻshiq aytishni boshladi. U shuningdek, eʼtiqodi va etnik kelib chiqishidan bexabar boʻlgan Iosif Stalin uchun ham qoʻshiqlar kuylagan. Kuinova Ulugʻ Vatan urushi davrida askarlar uchun turli chiqishlar qilganidan keyin mashhur boʻldi.

1948-yilda u „Sovet Ittifoqida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan. Shundan soʻng u Shoshmaqom janrida musiqani oʻrganishni boshladi va uni butun Sovet Ittifoqi va Markaziy Osiyoda kuyladi. Kuinova azaliy doʻsti Shoista Mullojonova bilan birga Tojikiston davlat filarmoniyasining solisti boʻlgan. Ikkalasi respublikada keng eʼtirofga sazovor boʻldi va Sovet Ittifoqining yetakchi anʼanaviy ijrochilaridan boʻlgan. Kuinova ham, Mullojonova ham Tojikiston SSR, Oʻrta Osiyo va SSSR boʻylab televideniye va radio orqali chiqish qilgan. Ular „Ruboistoka“ tojik ansamblining solistlari boʻlib Kiyev, Leningrad va Moskva kabi hududlarda gastrol konsertlari oʻkazishgan.


AQShga koʻchib oʻtish



Fotima 1980-yilda (Queensga (Nyu York, AQSH) koʻchib keldi va Rego bogʻiga yaqin uylardan biriga joylashdi. U yerda Buxoro yahudiylarining Shashmaqom musiqa ansambliga asos solgan va bosh vokalisti boʻlgan.

1992-yilda Kuinova Milliy Sanʼat jamgʻarmasi tomonidan Milliy meros stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Kuinova buxorolik yahudiy musiqa jamoatchiligi bilan ishlagan va Nyu-Yorkdagi koʻplab madaniy va folklor tadbirlarida ishtirok etgan.

Vafoti



Fotima 2021-yil 28-dekabrda 95 yoshda vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz