Fotima




Fotima (r.a.) (taxminan 605/606, Makka – 632/633, Madina) — Muhammadning kenja qizi. Fotimaga eʼtiqod qilish shialar oʻrtasida keng tarqalgan. Shia imomlar va musulmon mamlakatlaridagi koʻpchilik sulolalar (idrisiylar, fotimiylar, saʼdiylar va boshqalar), shuningdek, barcha sayyidlar Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. Fotima goʻzal boʻlgani uchun nomiga Zahro ismi ham qoʻshib aytiladi. Fotimaning 5 farzandi: 3 oʻgʻil (Hasan, Husayn, Muhsin) va 2 qizi (Ummu Gulsum va Zaynab) boʻlgan edi. Muhammad vafotidan olti oydan soʻng Fotima olamdan oʻtgan. Madinaga borgan shia ayollar Fotima qabrini ziyorat qiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz