FOTEH NIYOZIY (1914.16.4, Samarqand — 1991.30.8, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1986). Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qigan (1934). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Foteh Niyoziyning ijodi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Dastlab o’zbek tilida “Mayak” (1933), “bu kunning g’azali” (1938), “Sevgi” (1940) singari to’plamlari nashr etilgan. “Vafo” (1-kitob, 1949; 2-kitob, 1958) romani, “qo’shni qiz” (1954) piyesasi yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. “O’rmonni xilvat bilma” (1975), “qurolsiz askarlar” (1986) romanlarida 2-jahon urushining dastlabki (1941-42) yillari voqealari ifodalangan. Foteh Niyoziy dramaturg va kinodramaturg sifatida ham “vatanparvarlar” (1938), “Ko’prik” (1959) kabi dramalar, “uchinchi qiz” (1971), “G’ayurovlar oilasining sarguzashti” (1975) kabi kinossenariylar yaratgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1977). As: vafo [roman], T., 1974. Ad.: Ijodkor do’stlar, T., 1968.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish