FOSIQ (Arabcha — yo’ldan adashgan, axloqsiz) — 1) Islom an’anasida diniy majburiyatlarni ado etmagan gunohkor. Qur’onda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida so’z borarkan, ko’plarining Fosiq ekanligi bildiriladi, ayrim oyatlarda mo’minlarga nisbatan ham ishlatilib, Alloh Fosiqlardan rozi bo’lmaydi, ehsonlarini qabul etmaydi va o’zlarini hidoyatga erishtirmaydi, ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi, deb bayon qilinadi; 2) axloqiy ma’noda — fahsh, buzuq odam.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish