Fosfatidlar




Fosfolipidlar , fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari boʻladi. Fosfolipid tarkibiga glitserin, yogʻ kislotalari, aldegidlar va azotli birikmalar (xolin, etanolamin, serii) kiradi. Glitserofosfatidlar [fosfatidilxolin (letsitin), fosfatidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin] va fosfosfingolipidlar — fingomiyelinlar Fosfolipidning muhim vakillari.

Fosfolipid tabiatda keng tarqalgan. Asosiy struktura komponentlari sifatida hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar xujayra membranalari tarkibiga kiradi. Oqsillar bilan lipoprotein komplekslar hosil qiladi.

Fosfolipid
dan tashqari fosfonolipidl a r ham maʼlum, bularda fosfor atomi azot asosiga (xolin va etanolaminga) R—S kovalent bogʻ orqali birikkan. Bu birikmalar mollyuskalar va bakteriyalarda topilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz