Forzats




Forzats (nem. Vorsats) — kitobda blok (tartib bilan tikilgan varaklar) va muqova orasiga qoʻyiladigan qoʻshaloq qalin qogʻoz varakdari. Blokni muqova bilan birlashtiradi va kitobning chetki varaqlarini kirlanishdan asraydi, ayni vaqtda kitobni bezash vositasi ham hisoblanadi. Tayyorlanish texnologiyasi boʻyicha yopishtirma, tikma va qadama; bezalishiga koʻra, oddiy (hech narsa bosilmagan), mavzuli (biror mavzudagi matn yoki rayem bosilgan) va bezakornamental turlarga boʻlinadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz