FORZAS (nemischa Vorsats) — kitobda blok (tartib bilan tikilgan varaqlar) va muqova orasiga qo’yiladigan qo’shaloq qalin qog’oz varakdari. Blokni muqova bilan birlashtiradi va kitobning chetki varaqlarini kirlanishdan asraydi, ayni vaqtda kitobni bezash vositasi ham hisoblanadi. Tayyorlanish texnologiyasi bo’yicha yopishtirma, tikma va qadama; bezalishiga ko’ra, oddiy (hech narsa bosilmagan), mavzuli (biror mavzudagi matn yoki raem bosilgan) va bezakornamental turlarga bo’linadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish