Foryob (viloyat)
Foryob , Afgʻonistonning 34 viloyatlaridan biri va mamlakatning shimolida joylashgan. Ushbu viloyat Turkmaniston bilan chegaradosh hisoblanadi. Aholisi 948 ming kishidan ortiq (2012) va koʻp millatli bir jamiyat. Bu viloyat 15 tuman va mingdan ortiq qishloqdan tashkil topgan. Shuningdek, maʼmuriy markazi Maymana shahri.
Tarixi
Foryob bir forscha toponimika va maʻnosi "daryo suvlarini sugʻorish orqali sugʻoriladigan erlar". Foryobning oti sosoniylar tomonidan tashkil etilgan shahardan olingandir. bu yer Islom faylasufi Forobiyning tugʻilgan joyi. bu soha buyuk xoʻroson chegarasining bir hissasidir; mustamlaka davrasining vaqtida, Britaniya geograflari Foryobni Afgʻoniston turkistonida aytibtilar.
Foryobning turar joylik tarixi koʻp eskidir.
u vaqtlarda, u yer har madaniyatning oʻlkasi edi va hama birga yashaedilar.
Maymana va andxoʻy shahrlarining kirish tarixi 2500-yil oldin yahudiylar miloddan avvalgi 586-yilda kirishlariga qaytadi va bu yahudiylar Navuxadnazarning quddus vayron qilinishidan qochib qutulganedilar. oʻsha vaqtda bu hudud Fors qoʻlida edi va bundan soʻng miloddan avvalgi 326-yilda aleksandr u yerni zabt etdi va yunon qoʻlida tushdi.
Fors hukmronligi milodiy 3-7 asrlarda qayta tiklanganedi.
Afgʻoniston shimolining musulmon arablar zabt etishlariga Islomdan oldingi davri tugandi (651-yildan 661-yilgacha). bu hudud "bir keng urush maydoniga Arablar va Forslar orasida faqqat siyosiy va geografik ustunnlik uchun emas va ideologik ustunlik uchun qaytdi." natijasida asrlar davomli dinlar yaʻni zardushtiylik, buddizm, Nestoʻrizm xristianlik va butparastlik yoʻqoldi. musulmon sulolalar hukumatni oldilar va mahalliy aholiga taʻsir koʻrsatdilar, ular orasida Saforiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar va Gʻuriylar bor edi.
Foryobning tarixi yana bir marta 11 asrda Mongollar ishgʻol etishlari chingizxon va avlodlari qoʻliga juda katta oʻzgartirildi. ular shimoldan u yerda harakat qilib shahrlarni (maymana ham shomil) yer bilan bir qilidilar, aholilarni qirgʻin qildilar, donlar, oʻtzorlar va chorva mollarini ogʻirlandilar va eski sugʻorish tizimlarni yoʻqoldilar. Foryob oʻzi mongollar qoʻliga 1220-yilga yoʻq qilindi. Mongollarning nazorati Buxoro yoki Amudaryoning shimolidagi Samarqandning muqobil shahrlaridan kelib chiqqan. ular bir markazsizlashtirilgan usulga hukumat qiledilar, biroq, Maymana va boshqa joylarda mahalliy qabila boshliqlariga sezilarli muxtoriyat (19 asrning oxirigacha davom etadigan meros) uchun ruxsat berildi.
1500-yilda buxoro xonligining Oʼzbek shahzodalari amudaryodan oʼtib ketib 1505-yilda Foryobni oʼzi va oʼziga oʼxshagan atrofidagi joylarda erishdilar. ular bir ahmiyatga ega va koʼpincha ruhoniy arab aholisi bilan qoʼshilib 18 asrning oʼrtalaridacha oʼsha yerda boshqarishladilar.
1748-yilda bu yerni Ahmadshoh durroniy fath etdi va Durroniylar davlatining bir hissasi boʻldi. bu soha 19 va 20 asrda uch Afgʻon-Ingliz urushi boʻlganida britanyadan tegmagan edi. 1930-yillardan to shu kungachagi mamuriy islohotlar uchun Foryob 1964-yilda viloyatga aylandi, bundan ilgari bu yer balx viloyatning bir kichik viloyati boʻlib bosh qarorgohi mozori-sharif shahriga edi va Maymana oti bilan tanilaydi.
1990-yillarning davomidagi Afgʻoniston fuqarolik urushida (1990-yillarning boshlarida va 1990-yillarning oxirida) Tolibon va muxolif kuchlarning orasidagi oldingi chiziqi 1990-yillarning oʻrtalarida koʻpincha Bodgʻis va Foryob viloyatlarining orasida tushdi. shuningdek, Ismoyil xon tolibon Hirot viloyatini egalab olganidan soʻng kuchlarini qayta tiklashi uchun Foryobda qochib ketdi, ammo Abdul malik pahlavon xiyonat qildi.
1997-yilning may oyida, Abdul malik pahlavon tolibon bayrogʻini maymana shahrida koʻtardi va gʻarbdan bir urush toliblardan qildirdi. nihoyatda bir qator oʻzgaruvchanliklar va Malikning chiqishidan soʻng toliblar u yerdan chekindilar, ammo 1998-yilda toliblarning 8000 urushchilari Foryobdan bosib oʻtib qoʻshni viloyatida yani joʻzjon viloyatida Abdul Rashid Doʻstumning bosh qarorgohini shibirgʻon shahrida tutdilar.
2001-yillarning oxirida,toliblar hukumatining qulashidan soʻng Foryob viloyati Afgʻonistoning eng tinch sohalaridan edi. viloyatdagi soʻnggi rivojlanish loyihalari viloyatning qishloq xoʻjaligi salohiyatini kengaytirishga qaratilgan, xususan, yaqin oʻtmishdagi viloyatni qayta tiklashga yoʻnaltirilgan.
2006-yilga, Abdul Malik pahlavonning boshchiligidagi Afgʻoniston Erkinlik partiyasi Foryob viloyatida, beqarorlikka olib keladigan qurolli jangarilar qanoti saqlanib qolgani haqida xabar berilgan edi. Afgʻoniston Milliy xavfsizlik kuchlari kengayishni boshladi va sekinlik bilan nazoratni oʻz zimmasiga oldi. Afgʻoniston-Turkmaniston chegarasi Afgʻoniston chegara politsiyasi tomonidan saqlanadi, viloyatning qolgan sohalarini qonun va tartibini NATOdan oʻrgangan Afgʻoniston milliy politsiyasi oladi.
2006-yildan 2014-yilgacha, viloyatda Norvegiya boshchiligidagi Viloyat qayta qurish guruhi bor edi. Norvegiyaning Viloyat qayta qurish guruhi Maymanada oʻz bazasiga ega boʻlgan edi va Gʻoʻrmoch tumani uchun masuliyatni olgan edi.
Afgʻoniston Amudaryo havzasida yogʻ bloklarini ishlab chiqarish uchun Xitoy Milliy neft-gaz uyushmasi bilan shartnoma imzoladi, bu shartnoma ikki oʻn yillikda milliardlab dollar pul topish uchun kutilgan, shartnoma Sar-Poʻl va Faryob kabi shimoliy viloyatlarda burgʻulash va neftni qayta ishlash zavodlarini qamrab olgan, bu shartnoma Afgʻoniston hukumati tomonidan bir necha oʻn yillar davomida tuzilgan birinchi xalqaro neftni qazib olish shartnomasi. 2012-yilning oktabr oyida Xitoy Milliy neft-gaz uyushmasi Afgʻoniston yogʻini qazib olishini boshladi, oʻsha oyda Foryob viloyatining Andxoʻy tumanida katta gaz zaxiralari kashf etildi.
2016-yilning iyul oyida, Inson huquqlarining kuzatuvchisi Abdul Rashid Doʻstumning Afgʻonistonning milliy islomiy harakatini Foryobda fuqarolarning oʻldirishi, suiiste'mol qilishi va ulardan oʻgʻrilamoqga ayblashdi.
Siyosat
Foryobning hozirgi hokimi Naqib Foyiqdir, u bu muqomni 2018-yilida olgan.
Maymana shahri viloyatning maʻmuriy markazi. huquqni muhofaza qilish hama tadbirlar Foryob boʻyicha Afgʻoniston milliy politsiyasi bilan nazorat boʻladi. politsiya boshligʻi kobul shaharning ichki ishlar vazirligidadir. Afgʻoniston milliy politsiyasi Afgʻon milliy xavfsizlik kuchlari bilan quvvatlanadi.
Tashish
bu viloyatda Karki Turkmaniston temir yoʻl tarmogʻi bilan ulangan bir qisqa xalqaro ulanish temir yoʻli Turkmanistonda Oqina va Imomnazar orasida bor.
Iqtisod
qishloq xoʻjaligi va chorvachilik Foryobning asosiy iqtisodiy faoliyatlari ammo oti chiroyli gilam toʻqishiga chiqqandir. bu viloyatda tabiiy gaz zahiralari bor ammo ekspluatatsiya darajasi oz.
u yerda bir tuz minasi davlat obod tumanida va baʻzi marmar manbalari (Abdul Rashid Doʻstum egalagandir) bor. Shuningdek, u yerda yaxshi rangli va zich lazzatli pistalari uchun oti chiqqan pista oʻrmonlari bor.
Hududiy boʻlinishi
Aholisi
Foryobning aholisi 948 ming kishidan koʻproq (2012) va koʻp millatli bir jam’iyat. Asosiy yashagan millat bu viloyatda O'zbeklar va ulardan soʻng Turkmanlar, Tojiklar, pushtunlar, hazoralar va boshqalardir. U yerda baʼzan etnik toʻqnashuvlar Oʻzbeklar va pushtunlar orasida boʻlgan.
O'zbekcha, Dariycha va Turkmancha asosiy gapiringan tillar bu viloyatda dirlar. Foryobning hamma xalqining dini Islom va koʻplari sunniy mazhabidadirlar, ammo biroz shialar ham hazoralardan bor.
Taʻlim
umumda bu viloyatning savodxonlik darajasi (6+ yoshda) 2011-yilida 18% edi va aniq roʻyxatda olish darajasi umumda (6-13 yoshlarda) 2005-yilidan 2011-yiligacha 53%dan 55%ga koʻproq boʻlgan edi.
Sogʻliqni saqlash
Toza suvli uy xoʻjaliklar foizi 2005-yildan 2011-yilgacha 23 % dan 24 % ga koʻproq boʻlgan edi. Malakali tugʻilmoqlar foizi 2005-yildan 2011-yilgacha 2 % dan 16 % ga koʻproq boʻlgan edi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org