FORSLAR
FORSLAR (o’zlarini eroniy deb atashadi) — Erondagi xalq (taxminan 25,3 million kishi). Umumiy soni 25,9 million kishidan ortiq (1995). Fors tilida so’zlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar. Eroniy qabilalarning hozirgi Eron hududiga kirib kelishi miloddan avvalgi taxminan 2-ming yillik va 1-ming yillik o’rtalarida ro’y bergan. Ayrim olimlarning fikricha, O’rta Osiyodan, boshqa olimlarning faraziga ko’ra, Kavkaz ortidan kelishgan. Forslarning shakllanishida Arab, turk va mo’g’ul qabilalari ishtirok etishgan. 19-asr oxirida Forslar millati shakllangan. Forslarning asosiy mashguloti dehqonchilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdan iborat. Gilam to’qish, to’quvchilik, kulolchilik va boshqalar rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz