Fors musiqasi




Fors musiqasi eronlik sanʼatkorlar tomonidan yaratilgan anʼanaviy folklor, klassik, pop, jazz, rok va hip hop janrlardagi xalqaro miqyosga ega mashhur qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi.

Eron musiqa madaniyati Gʻarbiy Osiyodagi boshqa madaniyatlarga taʼsir koʻrsatib, qoʻshni turk va arab musiqa terminologiyasining koʻp qismini egallaydi.16-asrda hind saroylarida Eron musiqachilarini oʻz mamlakatlariga jalb qilish orqali yangi musiqiy janrlar yaraldi.

Tarixi



Eron janubi-gʻarbidagi eng qadimiy svilizatsiya oʻchogʻi boʻlgan Elamning arxeologik yozuvlarida keltirilishicha, Eron musiqa tarixi ming yillarga borib taqaladi. Eron — milodiy III ming yillik tarixga ega eng qadimgi murakkab cholgʻu asboblarining vatanidir. Sharqiy Eronda Oksus svilizatsiyasiga mansub kumush, oltin va misdan yasalgan bir qancha karnaylar topilib, ular miloddan avvalgi 2200-1750 yillarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 865-650 yillarda esa Ossuriya saroylarida gorizontal arfalarning tasvirlari ham yaratilgan.

Musiqiy janrlar



Mumtoz musiqa



Eron mumtoz musiqasi mamlakatning oʻrta asr klassik davrlarida rivojlangan kuy turlaridan iborat. Mumtoz musiqaning asosiy musiqiy uslubi dastgoh boʻlib, hukmron doiralar manfaatlarini kuylovchisi boʻlgan. Dastgoh uslubi boshqa musiqiy janrlarning ohangdorlik va ijrochilik xususiyatini oshirgan manba hisoblanadi.

Xalq musiqasi



Fors xalqi jamiyatning katta qismi tomonidan tanilgan, barcha birdek sevadigan tantana va toʻy qoʻshiqlarini „xalqniki“ deb qadrlashadi .Eron xalq musiqasining xilma-xilligi mamlakatning mahalliy va etnik guruhlari madaniyatidagi farqlar sabab tez-tez koʻzga tashlanadi.

Xalq qoʻshiqlari turli mavzularda:tarixiy, ijtimoiy, diniy boʻladi. Bundan tashqari, to‘y yoki yigʻim mavsumiga xos bo‘lgan xalq qo‘shiqlari, allalar, bolalar qo‘shiqlari, topishmoqlar ham folklor musiqaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Eronda xalq musiqasi mutaxassislari bor. Professional xalq cholg‘uchi va vokalchilari to‘y marosimlarida chiqish qilishadi. Baxshilar xalq dostonlarini Oʻrta Osiyo va Bolqon anʼanalarida uchragani kabi ogʻzaki sharhlar bilan aralashtirib aytadilar. Dutor chalayotgan baxshilar ijtimoiy yigʻinlarda tomoshabinlarni jangchilar va sarkardalar haqidagi qahramonlik balladalari bilan xursand qilishadi. Folklor janrda diniy arboblar shahidligini xotirlaydigan misralarni oʻquvchi marsiyaxonlar ham bor.

Eron mumtoz va xalq musiqasi qoʻshiqchilari lirika va ohangni improvizatsiya qilish qobiliyatiga ega. Koʻplab Eron xalq qoʻshiqlari katta yoki kichik tonlarga moslashish imkoniyatiga qarab orkestr joʻrligida aranjirovka qilingan.

Aksariyat folklor qoʻshiqlar 1965-yilda Eron sobiq imperatori Farah Pahlaviy homiyligida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy bolalar va yoshlarning intellektual rivojlanishi instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida qayta tiklandi. Ular Pari Zanganeh, Monir Vakili va Minu Javan kabi Eron xalq va estrada musiqalarida katta taʼsirga ega boʻlgan professional vokalchilar tomonidan ijro etilgan sifatli yozuvlar toʻplami edi.

Simfoniy



Eron simfoniyasi Qojarlar va Pahlaviylar davrida rivojlangan. Cholg‘u kompozitsiyalaridan tashqari, Eron simfonik asarlarining bir qismi xalq qo‘shiqlariga, baʼzilari esa ham mumtoz, ham zamonaviy Eron shoirlarining sheʼrlariga asoslangan.

Fors simfonik asarlar toʻplami boʻlgan Symphonische Dichtungen aus Persien 1980-yilda nemis simfonik orkestri Nurembergtomonidan ijro etilgan va eronlik Ali Rahbariy tomonidan dirijyorlik qilingan.

Eronlik taniqli arman bastakori va dirijyori Loris Tjeknavoryan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Eronning "Shohnoma" dostonidagi Rustam va Suhrob fojiasiga asoslangan forscha libretto bilan „Rustam va Suhrab“ operasini yaratdi.Libretto birinchi marta Tehron simfonik orkestri tomonidan 2003-yilning dekabr oyida Tehronning Roudakiy zalida ijro etilgan.

2005-yilda Persepolis orkestri 3000 yillik tarixga ega asarni ijro etadi. Ushbu asarning qadimiy yozuvlari arxeologlar tomonidan shifrlanganda shumerlar va qadimgi yunonlarga tegishli ekanligi taxmin qilinadi. Orkestrga taniqli eronlik musiqachi Peyman Soltani dirijyorlik qildi. 

Jazz va blue musiqa



Jazz musiqasi Eronning " Jazz sultoni „ sifatida tanilgan Viguen kabi sanʼatkorlarning paydo boʻlishi bilan kirib kelgan. Viguenning 1954-yilda chiqarilgan birinchi qoʻshigʻi “Moonlight" radioda qisqa muddatlarda xit darajaga chiqadi.

Nyu Yorkda yashovchi eronlik jazz va blue xonandasi Rana Farxon klassik fors sheʼriyatini zamonaviy jazz va blue bilan uygʻunlashtiradi. Uning eng mashhur asari " Muhabbatda mast " 13-asrning taniqli fors shoiri Rumiyning sheʼriga asoslangan. Inqilobdan keyin Eronda jazz va blue sanʼatkorlar shuhrat qozonishni boshlaydi.

Rok musiqasi



Rok musiqasi Eronga 1960-yillarda G‘arbiy Yevropa va Amerika musiqiy janrlarining paydo bo‘lishi taʼsirida kirib kelgan. Tez orada u yosh avlod orasida ayniqsa Tehronning tungi klublarida mashhurlikga erishadi. Inqilobdan keyingi Eronda koʻplab rok sanʼatkorlari rasman konsert berish, albom chiqarish, hatto kuylash huquqiga ham ega emaslar, shu sabab ular Internet va yer osti sahnalarida ijod qilishadi.

2008-yilda eron rok guruhi Angband Germaniyaning Pure Steel Records rekord yorligʻi bilan xalqaro miqyosdagi ilk shartnomani tuzadi. Ular taniqli prodyuser Achim Köhler bilan hamkorlik qilishgan.

Hip Hop



Eron hip-hopi 2000-yillarda mamlakat poytaxti Tehronda paydo boʻlgan. Dastlab amerika hip-hop madaniyati taʼsirida mikstaplarni yozib olishdan boshlanib, keyinchalik mahalliy musiqiy janrlar bilan uygʻunlashtirildi.

Akapella



2011-yilda yangi turdagi akapella (instrumentsiz musiqa) birinchi marta Faraz Xosravi Danesh boshchiligidagi Damour vokal guruhi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu musiqa janri oʻtmishda xor sifatida ijro etilgan, ammo 2011-yildan boshlab insonning jonli ovozi musiqa asboblari oʻnini egalladi . Shundan soʻng Tehron vokal ansambli faoliyat koʻrsata boshladi. Uslubdagi musiqalar Eron akapellasida ijodiy va yangicha tarzda shakllandi.

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz