Formula Ford boʻyicha 1994-yilgi Avstraliya chempionati
Formula Ford boʻyicha 1994-yilgi Avstraliya chempionati Formula Ford poyga avtomobillari haydovchilari uchun CAMS tomonidan tasdiqlangan avtopoyga chempionati edi. Bu Avstraliyada oʻtkaziladigan Formula Ford ishtirokchilarilari uchun 25-milliy mavsum va Avstraliya Formula Ford chempionati nomini olgan ikkinchi milliy seriya edi.
1994-yilda yosh Queanbeyan poygachisi va boʻlajak Formula 1 Gran-prisining koʻp marotaba gʻolibi Mark Webberning seriyada debyuti qilgan. Otasi unga sotib olgan sobiq Kreyg Lowndes Van Diemen RF93 rusumli avtomashinani boshqarib, Uebber seriyada 14-oʻrinni egalladi.
Steven Richards, Bathurst va Avstraliyada oʻtkazilgan koʻplab avtomobil poygalari chempioni Jim Richardsning oʻgʻli hisoblanadi va u Valvoline homiyligidagi Van Diemenda sakkiz turning oltitasida gʻalaba qozondi. Ikkinchi oʻrin (shuningdek, Van Diemenda) Gavin Monaghan boʻldi, Jason Bright oʻzining Swift SC93F avtomashinasida uchinchi oʻrinni egalladi.
Van Diemen seriyadagi eng mashhur shassi boʻlib, 20 dan ortiq poygalar davomida foydalanildi. Swift Racing Cars yettita mashinani yetkazib berdi. Chempionat davomida 28 nafar poygachi bellashishdi va yakunda Valvoline Australian Pty Ltd jamoasi aʼzosi Steven Richards 292 ball bilan gʻolib boʻldi. Eng yaqin taʼqibchisi Gavin Monaghan 202 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Ahamiyatli jihatlaridan biri shuki jamoa aʼzolarining barchasi kamida 1 ball toʻplashga muvaffaqa boʻlishdi.
Taqvim
Chempionat sakkiz raund, har bir tur esa ikkita poygadan iborat boʻldi. Mavsum 27-fevral kuni Amaroo Park avtodromida boshlandi va 3-iyul kuni Yangi Janubiy Uelsdagi Oran Park avtodromida yakuniga yetdi. Musobaqaga Sandaun,Lakeside, Mallala, Amaroo Park, Barbagallo Raceway, Oran Park kabi avtodromlar mezbonlik qilishgan.
Natijalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org