FORMA (lotincha forma — ko’rinish) (matematikada) — bir hadlarning darajasi bir xil bo’lgan bir nechta o’zgaruvchili ko’phad. O’zgaruvchilar soni p ga qarab Formalar binar (p=2), ternar (p=3) va boshqalar darajasiga qarab chiziqli (t = 1), kvadratik (t=2), kubik (t=3) va hokazolar deyiladi. Tatbiq uchun kvadratik Formalar katta ahamiyatga ega. Masalan, vektor uzunligining kvadrati vektor koordinatalaridan tuzilgan kvadratik Forma bilan ifodalanadi. Sonlar nazariyasida butun sonlarni butun koeffitsientli kvadratik Forma yordamida tasvirlash juda muhim masaladir. Formalar algebra, geometriya, sonlar nazariyasi, mexanika va matematikaning boshqa sohalarida qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish