FOMOZ



FOMOZ — sabzavot ekinlarining yuqumli kasalligi. Phoma turkumiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Karam (qo’zg’ato’vchisi — P. lingam), sabzi (qo’zg’atuvchisi — P.rostrupii), kartoshka (qo’zg’atuvchisi — P. solanicola), lavlagi (qo’zg’atuvchisi — R. E1ae)ning poyasi, bargi, ildizmevalarini zararlaydi. O’simlik poya va barglarida botiq qora dog’lar paydo bo’ladi, kasallik yuqqan iddizmevalar va tuganaklar (sabzi va kartoshka) sakdash paytida chiriydi, to’qimalarida qo’ng’ir halqalar paydo bo’ladi, iste’molga yaroqsiz holga keladi. Kasallik kasallangan urug’lik, o’simlik qoldiqlari, tuproqdan yuqadi. Kurash choralari: urug’likni dorilash; dalada kasallangan o’simliklarni yulib tashlash; mineral o’g’itlarni to’g’ri nisbatlarda qo’llash, dalani o’simlik qoldiklaridan tozalash; kartoshka, sabzi, karam va boshqalarni saqlash qoidalariga amal qilish.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi



Uzpedia.uz