FOLKLOR



FOLKLOR (inglizcha folk — xalq, lore — bilim, donolik) — xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846 yilda ingliz arxeologi U.J.Toms olib kirgan. 1880-90 yillarda “Folklor” termini ko’plab mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham qo’llana boshlagan. O’zbekistonda dastlab, “og’zaki adabiyot”, “og’iz adabiyoti” atamalari qo’llangan. “Folklor” termini 30-yillarning o’rtalaridan ishlatila boshlagan. 1939 yilda Hodi Zarifning “O’zbek folklori” xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin o’zbek folklorshunosligida mustahkam o’rin oldi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz