FOKSTROT
FOKSTROT (inglizcha fox — tulki va trot — yo’rtish, tez yurish) — salon raqsi. 20-asr boshida AQShda jaz raqslari asosida paydo bo’lib, 1-jahon urushidan so’ng ommaviylashgan Yevropa raqsi. O’zbekistonda 1930-40-yillardan kinoteatr, bog’park kontsert hamda raqs maydonchalari va boshqalarda faoliyat ko’rsatgan harbiy, estrada orkestr va ansambllari repertuaridan kengo’rin olgan. Fokstrot kuylari 4/4 o’lchovida, marshsimon, bir oz sinkopalashgan ritmi bilan ajralib turadi (“tulki qadamlari”). 2 turi mavjud — shoshmasdan ijro etiladigan “slow” Fokstrot va tez sur’atli “quickstep”. Fokstrot ritm va ohanglaridan kompozitorlar ham keng foydalanishgan (J.Puchchini, F.Pulenk, I.Stravinskiy, D.Miyo, D. Shostakovich, O’zbekistonda V.Saparov va boshqalar).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz