FMovies




FMovies foydalanuvchilarga film va ko'rsatuvlarni bepul tomosha qilish yoki yuklab olish imkonini beruvchi havolalar va videolarni joylashtirgan mualliflik huquqini buzuvchi veb-saytlar seriyasidir.

Tarixi



Sayt 2016-yilda (TorrentFreak ma'lumotlariga ko'ra) yaratilgan va 2016-yil dekabr oyida Google qidiruvlaridan olib tashlangan.

2017-yil noyabr oyida FMovies filippinlik ommaviy axborot vositalari va ABS-CBN ko'ngilochar media guruhi tomonidan berilgan da'voda yutqazdi va 210ming AQSH dollar to'lashga majbur bo'ldi.

2018-yil yanvar oyida ushbu sayt AQSh hukumati tomonidan Pirate Bay va boshqa qaroqchilik saytlari bilan bir qatorda "online qora bozor" sifatida ro'yxatga olingan. 2018-yil oktabr oyida Shvetsiyaning Internet-provayderi Telia kompaniyasiga FMovies-ni bloklash buyurilgan. Ular buyruq ustidan shikoyat qilishdi. O'sha oyda Amerika Kinofilmlari Assotsiatsiyasi FMovies va boshqa qaroqchilik saytlari haqida AQSh hukumatiga xabar berdi. FMovies avgust oyida so'rovdan so'ng, 2018-yil dekabr oyida Avstraliyada bloklangan edi.

2019-yil fevral oyida Shvetsiya reklama qiluvchi servislardan FMovies-ni o‘z ichiga olgan ba’zi qaroqchilik va kinoteatr saytlarini qora ro‘yxatga kiritishni so‘radi. 2019-yil aprel oyida Hindistondagi provayderlarga FMovies va boshqa qaroqchilik saytlarini blokirovka qilish buyurilgan.

2022-yilda Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqidan tashqarida joylashgan "mashhur bozorlar" haqida umumiy ma'lumot beruvchi so'nggi "Qalbaki va qaroqchilikni kuzatish ro'yxatini" e'lon qildi va unga FMovies sayti ham kiritilgan.


Ma'lumotnomalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz