FLANES
FLANES (nemischa Flansch) — trubalar, vallar, armatura, idishlar (rezervuarlar) va b.ning ularni detallar, mashinalar, apparatlarga birlashtiruvchi kismi. Boltlar va shpilkalar o’tkazish uchun mo’ljallangan teshiklari bor yassi disk yoki halqadan iborat. Odatda, truba, val va boshqa detallar bilan yaxlit qilib tayyorlanadi. Truba va idishlardagi zichlovchi Flanes ichki bo’shliqlarning zichligi (germetikligi)ni, val va boshqa aylanuvchi detallardagi Flanes kuch uzatishdagi mustahkamlikni ta’minlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz