FLAMANDLAR — shimoliy Belgiyadagi xalq (5,1 milliondan oshiq kishi, 1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, Niderlandiyada (1,72 million kishi) va boshqa mamlakatlarda (250 ming kishiga yaqin) yashaydilar. Flamand tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar. Flamandlar badiiy hunarmandchilik (mato va tur to’qish), metallga ishlov berish bilan shug’ullanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish