FK Paxtakor Toshkent




Paxtakor — Oʻzbekistonning yetakchi futbol jamoasi. 1956-yil tashkil etilgan. Paxtakor poytaxt Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi.

36 mavsum (1956—1991) SSSR chempionatining turli ligalarida, shu jumladan Oliy ligada oʻynadi. „Paxtakor“ oliy darajadagi Sovet futbol ligasida oʻynagan yagona oʻzbek klubi boʻlgan va Sovet kubogi finalida ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo klubi edi 1992-yildan muntazam Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi (2018-yildan — Superliga)ning doimiy ishtirokchisi.

Jamoa nomi



Paxta (پخته) soʻzi forscha paxta maʼnosini bildiradi va „kor“ (کار) کاشتن, (soʻzi ḵạsẖtn, kâshtan (eroncha forscha talaffuz), koshtan, kishtan (tojikcha forscha talaffuz)) feʼlidan boʻlib, „ekin qilish“ maʼnosini bildiradi; shuning uchun „Paxtakor“ birikmasi ish nomini hosil qiladi va soʻzma-soʻz paxtakor degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi



"Paxtakor" futbol klubi  — Toshkent shahri sharafini himoya qiluvchi, Oʻzbekistondagi eng mashhur futbol klublaridan biri. Klubga 1956-yil 8-aprel kuni asos solingan. 36 mavsum davomida (1956-1991) SSSR birinchiligining turli ligalarida ishtirok etgan. „Paxtakor“ SSSR Oliy Ligasida toʻp surgan Oʻzbekistonning yagona klubi, shuningdek, SSSR Kubogi finaliga chiqqan Oʻrta Osiyoning yagona jamoasi hisoblanadi.

1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Oliy Ligasining doimiy vakili. „Paxtakor“ 8 karra Oʻzbekiston chempioni hisoblanadi, xususan, olti chempionlik sovrini 2002-2007 yillar oraligʻida ketma-ket qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida eng koʻp — 10 marta gʻolib chiqqan yagona jamoa boʻlib, Kuboklardan yettitasi 2001-2007 yillarda qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“ futbolchilari turli yillarda jami yetti marta Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan, murabbiylari esa ikki marta mavsum yakuniga koʻra Oʻzbekistonning eng kuchli murabbiyi deb topilgan.

„Paxtakor“ OFK Chempionlar Ligasining yagona doimiy ishtirokchisi boʻlib, jamoa 2003 va 2004-yilgi mavsumlarda musobaqa yarim finaliga qadar yetib bora olgan. 2022-yil iyuldan „Paxtakor“ asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix bilan kelishuvga erishildi. Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning „Kremen“, „Arsenal“, „Slavutich“, „Karpati“, „Lvov“, „Vorskla“ va LNZ, Rossiyaning „Anji“, „Rotor“, Gruziyaning „Dinamo“ Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan. Shimoliy makedoniyalik Slavche Voyneski mutaxassis bilan „Paxtakor“ oʻrtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi.

SSSR Ligasi



1956-yil Toshkentda tashkil etilgan „Paxtakor“ jamoasi qisqa fursat ichida xalqning sevimli jamoasiga aylandi. Dastlabki yillarni „Paxtakor“ning oyoqqa turib olish davri sifatida koʻrsatish mumkin. Jamoa tashkil etilganidan keyin SSSR chempionatining B klass musobaqasida ishtirok eta boshladi. Toʻrt yil mobaynida Bextenev, Xodotov va Olshanskiy qoʻl ostida B klassda qatnashgan „Paxtakor“ oʻzi uchun zarur tajribani toʻpladi. qayd etilayotgan natijalar yildan-yilga yaxshilanib bordi. Masalan, oʻzining debyut mavsumida „Paxtakor“ 13-pogʻonadan oʻrin egallagan boʻlsa, bir yil oʻtgandan soʻng bu koʻrsatkich uchtaga yuqoriladi. Keyingi ikki mavsumda ishonchli toʻp tepgan oʻzbek futbolining bayroqdor klubi oliy ligada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Ushbu yillar ichida Motorin, Azizxoʻjaev, Maqsudov, Tazetdinov, Borkin, Vitkalov, Sheffer, Kozenkov singari futbolchilar yaxshi saviyada oʻyin namoyish qilishdi.

1960-yildan boshlab „Paxtakor“ oliy ligada qatnashishni boshladi. Bosh murabbiylikka Aleksandr Keller taklif etildi. Kuchlilar ligasidagi ilk oʻyinini „Paxtakor“ 9-aprel kuni Toshkentda Moskvaning „Torpedo“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Tarixiy uchrashuvda „Paxtakor“ sharafini mazkur futbolchilar himoya qilishdi: Pshenichnikov, Azizxoʻjaev, Kozenkov, Suyunov, Semenov, Tojirov, Timoxin, Motorin, Krasnitskiy, Tazetdinov (sardor), Feofanov. Umumiy hisobda esa jamoa mavsumni 14-oʻrinda yakunladi. Keyingi mavsumda deyarli oldingi yilgi natija takrorlangan boʻlsa-da, turnir jadvalida toʻrt pogʻona yuqoriga oʻsish kuzatildi. Oradan bir mavsum oʻtgach, 1962-yilda „Paxtakor“ SSSR chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasidan birini qayd etdi. Butun chempionatni yaxshi oʻtkazgan „paxtakorchilar“ mavsum yakunida oltinchi oʻrindan joy olishdi. Bu oʻsha davrda yosh boʻlgan klub uchun juda yaxshi koʻrsatkich edi. Agar yana olti ochko qoʻlga kiritilganda, Oʻzbekiston faxri sanalgan klubimiz kumush medallarga sazovor boʻlishi ham mumkin edi. Biroq 1963-yil jamoa oʻz oʻyinini namoyish eta olmadi va pastki ligaga tushib ketdi. Murabbiy Kellerning oʻrnini esa Gavriil Kachalin egalladi. 1964-yil ikkinchi guruhda uchinchi oʻrinni egallagan „Paxtakor“ yana oliy ligaga qaytdi. Bir mavsum ichida jamoani Aleksandr Abramov, Saveliy Sofronov va Boris Nabokov boshqarganini alohida eslab oʻtish joiz.1975-yilgi mavsumda jamoa avvalgi shashtini saqlab qola olmadi va oliy ligani tark etdi. Chempionat oʻrtasida Gavriil Kachalin ikkinchi marta bosh murabbiylikni qoʻlga oldi. Mavsum muvaffaqiyatsiz kechgan boʻlsa-da, ishqibozlarni juda quvontiradigan natijalar ham kuzatildi. Masalan, 17-oktyabr kuni Toshkentda Kievning „Dinamo“ klubi 5:0 hisobida tor-mor etildi. Xadzipanagis, An (2) va Isoqovning (2) kiritgan toʻplari oʻsha yil Yevropada oʻzini koʻrsatgan „Dinamo“ning sharmandali tarzda magʻlubiyatga uchrashiga sabab boʻldi.

Umuman olganda, 1965-yil „Paxtakor“ Moskva jamoalarini „qaqshatishi“ bilan koʻchpilikning eʼtiborini tortgan. Oʻtkazilgan oʻn uchrashuvning faqat bittasida „Torpedo“ga imkoniyat boy berilgan. Oradan bir yil oʻtgach, 1966-yilgi mavsumda ham natija deyarli avvalgi chempionatnikidek boʻlgan. Lekin bu safar „Paxtakor“da bronza medallarini qoʻlga kiritish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Afsuski, oxirgi besh turda birorta ham gʻalabaga erishilmagani sababli sovrindorlar qatoriga kirish orzusi chippakka chiqqan. 1968-yil yana murabbiy almashdi. End Yevgeniy Yeliseev jamoani ustozlik qilishga kirishdi. U jamoa faxri sanalgan Gennadiy Krasnitskiyni tarkibga kiritmadi, lekin gol urishda muammolarga duch kelingani uchun Gena ikkinchi davrada safga qaytarildi. hujumda Krasnitskiy — Abduraimov tandemi koʻp yillardan samarali oʻynab kelgani sababli tajribali futbolchisiz oʻyinni tashkil etish qiyin boʻldi. Chempionatda 17-oʻrin egallangan boʻlsa-da, „Paxtakor“ ishqibozlarni SSSR Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan xursand qildi. „Dinamo“ (Batumi), „Sokol“ (Saratov), „Zarya“ (Lugansk) va „Shaxtyor“ (Donetsk)ni dogʻda qoldirgan „Paxtakor“ finalda „Torpedo“ (Moskva) bilan toʻqnash keldi. 8-noyabr kuni oʻtgan uchrashuvda mazkur tarkib maydonda harakat qildi:

Lyubartsev, Dotsenko, Shtern, Naumenko, Inoyatov, Rahmatullaev, Varyuxin, Bektoshev (Isoqov, 74), Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov. Bahsning 52-daqiqasida Yuriy Savchenko tomonidan kiritilgan yagona toʻp oʻyin taqdirini hal etdi va moskvaliklar kubokni qoʻlga kiritishdi. Shunga qaramay, Yeliseev shogirdlari Yevrokuboklarga yoʻllanma olishlariga bir qadam qolgani bilan faxrlana oladilar. Shuningdek, Birodar Abduraimov chempionat oʻyinlarida 22 gol urib, tbilisilik Gavasheli bilan birga toʻpurarlar roʻyxatining yuqorisidan joy oldi. Chempionatning eng kuchli 33 futbolchisi qatoridan Abduraimovning oʻrin olgani mutaxassislar oʻsha yilgi toʻpurar sifatida hujumchimizni tan olishganini koʻrsatib turibdi.

1969 va 1970-yillarda yana Yakushin bosh murabbiylikni oʻz qoʻliga oldi. Jamoa 16 va 13-oʻrinlarni egalladi. 1969-yil „Krilya Sovetov“ bilan Toshkentdagi uchrashuvda jamoa afsonasi Gennadiy Krasnitskiy mamlakat chempionatidagi yuzinchi golini urishga erishdi.

1971-yil klubni oʻz tarixidagi eng yuqori oʻringa olib chiqqan Keller Toshkentga qaytdi. Biroq Krasnitskiy endi yordamchi murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettira boshladi, yaʼni u katta futboldagi faoliyatini tugatdi. Bu esa qimmatga tushdi. Yetakchisidan ayrilgan jamoa oʻyin uslubini oldingidek saqlab qololmadi va birinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumda „Paxtakor“ni Vyacheslav Solovev boshqardi. U bir yilning oʻzidayoq „Paxtakor“ni yuqori ligaga qaytardi. 33 uchrashuvda 34 toʻp kiritgan Birodar Abduraimov birinchi liga toʻpurariga aylandi. Xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu yillar davomida Pshenichnikov, Shtern, Inoyatov, Rahmatullaev, Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov, Isoqov, Varyuxin, Turgʻunov, Dotsenko, Lyubartsev, Bektoshev va boshqa bir qator oʻyinchilar ajoyib harakatlari bilan muxlislar mehrini qozonishdi.

SSSR Musobaqlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar

Klubning mavsum boʻyicha eng sermahsul oʻyinchilari:

Volodimir Fedorov, Yuriy Pshenichnikov, Gennadiy Krasnitskiy va Mixayl An birinchi SSSR terma jamoasi tarkibida oʻynashgan (Vasilis Xatzipanagis, Mirjalol Qosimov va Mustafo Belyalov SSSR olimpiya terma jamoasida oʻynagan)

Paxtakor-1979



Asosiy maqola: Dneprodzerjinsk ustidagi avia to‘qnashuv

1979-yilgi mavsumda jamoa Kochetkov boshchiligida start oldi, lekin chempionat oʻrtalarida qayd etilgan qoniqarsiz natijalar sababli uning oʻrnida Oleg Bazilevich ish boshladi. Shundan soʻng „Paxtakor“ birinchi davra oxirida raqiblarini ketma-ket magʻlubiyatga uchratdi va turnir jadvalida yuqoriga koʻtarilishni boshladi. Ammo 11-avgust kuni yuz bergan mash’um fojea jamoamizning 17 nafar aʼzosini hayotdan olib ketdi…1979-yilning 11-avgust sanasi oʻzbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qoʻyilgan. Oʻsha voqeaga ham tezda 34-yil boʻldi. Butun xalqning aza tutishiga sabab boʻlgan hodisa Dneproderjinsk osmonida sodir boʻlgan.

Toshkent vaqti boʻyicha soat 13 dan 35 daqiqa 38 soniya oʻtdi. Shu lahzada Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan toʻqnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida boʻlgan 178 kishi halok boʻldi. Ular orasida oʻsha vaqtda oʻzbek futbolining faxri hisoblangan „Paxtakor“ning 17 nafardan iborat tarkibi ham boʻlgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi. Ushbu halokatdan juda koʻpchilik oʻzini yoʻqotib qoʻygan. Chunki oʻsha mavsumda „Paxtakor“ ishonchli oʻyin koʻrsatib, yuqori oʻrinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. hatto, baʼzi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Yevrokuboklarda oʻynashi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin qilayotgandi. Fojea oqibatida nafaqt koʻplab insonlar halok boʻldi, balki bu oʻzbek futbolining rivojlanishiga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatdi. Tasavvur qiling, oʻshanda bizning eng yaxshi futbolchilarimiz dunyodan koʻz yumdi. Natijada bir butun bir avloddan ajralib qoldik. Agar oʻsha halokat boʻlmaganda futbolimiz hozirgi saviyasidan ikki-uch barobar yuqoriroq boʻlishi mumkin edi. Futbol klubining baʼzi aʼzolari Toshkentdagi shahardagi Botkin qabristoniga dafn qilindi va u yerda ularga haykal oʻrnatildi. „Paxtakor“ 1979-yilda va undan keyingi bir necha chempionatlarda ushbu fojia tufayli boshqa klublar koʻngillilari hisobiga mustahkamlandi. Bundan tashqari, SSSR futbol chempionati reglamentiga modda kiritildi, unga koʻra, 3 yil davomida, natijalardan qatʼi nazar, „Paxtakor“ sovet futboli oliy ligasidagi oʻrnini saqlab qoldi.

Samoda halok boʻlgan oʻyinchi va jamoa aʼzolarining roʻyxati mazkur insonlardan iborat:

Texnik xodimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor 1980-1991



1980 va 1981-yilllarda jamoaga berilgan engillik bejizga boʻlmagani oʻz isbotini topdi. Chempionatda 16 va 18-oʻrinlar egallandi. Bosh murabbiylik faoliyatini 1980-yilning oʻrtalarida boshlagan Ishtvan Sekech 1982-yil jamoani oʻz tarixidagi eng yuqori oʻringa yana bir marta olib chiqdi. Afsuski, sovrinli pogʻonalarga etish uchun besh ochkogina etishmadi. Shunga qaramay, oʻsha yildagi ishtirok muxlislarga olam-olam quvonch ulashdi.

Afsuski, 1984-yilgi mavsum „Paxtakor“ uchun omadsiz keldi va klub bilan yuqori choʻqqiga koʻtarilgan Sekech quyiga shoʻngʻishga ham majbur boʻldi. Bu safar birinchi ligaga „sayr“ naqd olti yilga choʻzildi. Faqat 1990-yilda Fyodor Novikov „Paxtakor“ni oliy ligaga qaytardi. Magometov, Pyatnitskiy, Makarov, Sinelobov, Miklyaev, Bondarenko, Gess, Zeytullaev, Nortojiev, Kovshov, Qosimov, Abduraimov, Bilolov singari futbolchilar oʻz mahoratlarini yorqinroq namoyish qilishdi.

1991-yil oxirgi marta SSSR chempionatlari oʻtkazilgani bilan tarixda qolgan. „Paxtakor“ 14-oʻrinni egallab, oʻz oʻrnini saqlab qolishga erishdi. SSSR birinchiliklari tarixidagi soʻnggi uchrashuvini „Paxtakor“ Axrol Inoyatov qoʻl ostida oʻtkazdi. Shu tariqa Sobiq Ittifoq chempionatlari nihoyasiga etdi va barcha mamlakatlar oʻzlarining mustaqil birinchiliklarini tashkil eta boshlashdi. Shu jumladan, Oʻzbekiston ham.


Oʻzbekiston Oliy Ligasi



1992-yil „Paxtakor“ Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan birinchi marotaba oʻtkazilgan Oʻzbekiston oliy ligasida bir xil ochko toʻplab qoʻsh chempion boʻldi. 1993-yilgi mavsumni Bahodir Ibrohimov qoʻl ostida oʻtkazgan jamoa chempionat oltin medallariga erisha olmadi, lekin muxlislarni mamlakat kubogini qoʻlga kiritib, xursand qildi. 1995-yil gollandiyalik mutaxassis Xans Ferel jamoada ish boshladi. Uning boshchiligida sovrinli oʻrinlar egallanmadi, lekin „Paxtakor“ ishtirokidagi sermahsul uchrashuvlar muxlislarga juda maʼqul keldi. 1996-yil kubok finalida „Neftchi“ga penaltilar seriyasida imkoniyatning boy berilgani bilan yodda qoldi. Buni qarangki, oʻshanda penaltini aniq amalga oshira olmagan Andrey Akopyants oradan bir yil oʻtgach, qoʻshimcha vaqtda fargʻonaliklar darvozasini ishgʻol qildi va „Paxtakor“ga ikkinchi kubokni keltirdi. Bu oʻsha mavsumda chempionatdagi muvaffaqiyatsizlikni unutishga yordam berdi.

1998-yilgi mavsumni katta oʻzgarishlar bilan boshlagan „Paxtakor“ning oltin medallarni qoʻlga kiritishi taxmin qilingandi va shunday boʻldi ham. Chempionatni bir tekisda oʻtkazgan jamoa yakunda turnir jadvalining eng yuqori pogʻonasidan oʻrin oldi. Klubni navbatdagi chempionlikka braziliyalik murabbiy Ubiraja Vega da Silva olib kelgani eʼtiborga molik hol. Oʻsha mavsumda Pavel Bugalo, Rustam Shoymardonov, Aleksandr Xvostunov, Baxtiyor Qambaraliev, Baxtiyor Ashurmatov, Murod Aliyev, Nikolay Shirshov, Otabek Pirmatov, Mirjalol Qosimov, Andrey Akopyants, Noʻmon Nurmatov, Dilmurod Nazarov, Azamat Abduraimov, Sobir Xodiyev va Igor Shkvirin singari futbolchilarini oʻzlarini koʻrsatishdi.

Afsuski, 1999 va 2000-yilgi mavsumlar „Paxtakor“ uchun omadsiz kechdi. Jamoa mos ravishda 4 va 7-oʻrindan joy oldi. Nihoyat, 2001-yilga kelib ijobiy oʻzgarishlar yuzaga keldi. Chempionatda kumush medallar koʻlga kiritilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Kubogi uchinchi bor klub muzeyiga keltirildi. Final uchrashuvida Leonid Koshelev tomonidan kiritilgan ikki toʻp jamoaga „Neftchi“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi. Shu tariqa „Paxtakor“ning „oltin era“si boshlandi.

2001-yildan keyingi davr „Paxtakor“ tarixida oltin xariflar bilan bitiladigan boʻldi. Jamoani mahalliy tadbirkorlardan Botir Rahimov jamoani qayta jonlanishida muhim o'rin tutdi. Jamoa tarkibi tubdan yoshartirib yuborilishi natijasida, kuchli jamoa shakillandi va „Paxtakor“ 2008-yilgacha ichki musobaqalarda gʻoliblikni oʻzida saqlab kelishga erishdi.

Shuningdek, stadion toʻliq taʼmirdan chiqarildi, jamoa akademiyasi ishga tushdi va klub professional tizimda ishlashga oʻtdi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan Osiyo chempionlar ligasining dastlabki ikki mavsumida yarim final zabt etildi. Albatta, bu kabi faktlar jamoaning juda yaxshi natijalarni qayd etganini isbotlab turibdi. Bu yillar ichida „Paxtakor“ga Toshmurod Ogʻamurodov, Viktor Jalilov, Ravshan Haydarov va Valeriy Nepomnyashchiy singari tajribali murabbiylar ustozlik qilishdi. qoʻlga kiritilgan natijalar ham shunga yarasha boʻldi. Ketma-ket olti mavsum mobaynida jamoa Oʻzbekiston chempionati va Kubogida gʻolib chiqdi. Bir yillik tanaffusdan soʻng 2009-yil kubok yana qoʻlga kiritildi. Ignatiy Nesterov, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Anvar Soliyev, Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Asror Aliqulov, Anzur Ismoilov, Zayniddin Tojiev, Ildar Magdeev, Aleksandr Geynrix, Ilhom Suyunov, Temur Joʻrayev va boshqa bir qator futbolchilar gʻalabalarga munosib hissalarini qoʻshishdi.

2011-yil yana bir bor Oʻzbekiston Kubogiga ega chiqildi. 2012-yil esa muxlislar 4-yillik tanaffusdan jamoaning chempionlikka erishganini bayram qilishdi. Bu safar oltin medallar chempionatlar tarixidagi eng yosh tarkib bilan qoʻlga kiritildi. 2014-yil esa chempionlikka magʻlubiyatsiz mavsumdan keyin erishildi. 2015-yil ham oltin medallarga ega chiqildi.

2017-yilda klub tarixida yangi davr boshlandi. „Paxtakor“ Prezidenti etib Bobur Shodiyev tayinlandi va jamoani boshqarish uchun yevropalik mutaxassislar guruhi taklif etildi. Gruziyalik sobiq futbolchi va hozirda murabbiy Shota Arveladze „Paxtakor“ga ustozlik qilishga kirishdi. 2019-yil jamoa Oʻzbekiston klublari tarixida birinchi bor treblga erishib, Oʻzbekiston chempionati, Oʻzbekiston Kubogi va Liga Kubogida zafar quchdi.

Mahalliy musobaqalardagi natijalar




Xalqaro musbaqalar



match played 26 April 2022

Stadion




„Paxtakor“ markaziy stadioni 1956-yilda qurilgan boʻlib, dastlab sigʻimi 55 ming tomoshabinga moʻljallangan. Stadion 1996-yilda taʼmirlangan. 2007-yilning iyul oyida klub rahbariyati stadionning navbatdagi taʼmirlanishini eʼlon qildi. 2009-yilda rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetdi, sigʻimi 35 mingga kamaytirildi va stadion toʻliq oʻrindiqli stadionga aylandi. 2010-yil yanvar oyida ushbu stadion Oʻzbekistonning 2009-yildagi eng yaxshi sport inshooti deb topildi.

Jamoa Toshkentdagi oʻyinlarini, asosan, „Paxtakor“ stadionida, oʻquv mashgulotlarini Qibray bazasi (katta va kichik stadion, qishki yopiq manej)da oʻtkazadi.

Raqobat



Markaziy Osiyo derbisi




Sovet davrida „Paxtakor“ning asosiy va asosiy raqibi Qozogʻistonning oʻsha davrdagi eng kuchli klubi — Olmaotaning „Qayrat“ klubi edi.

Bu ikki klub oʻrtasidagi qarama-qarshilik Markaziy Osiyo derbisi deb ataldi. Unga respublikalarning oliy rahbariyati tashrif buyurishi shart edi va stadionlarda haqiqiy toʻliq uylar bor edi.

Bu XX asr oʻrtalarida Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida yuzaga kelgan barcha darajadagi umumiy raqobatning bir qismi edi.

SSSR parchalanganidan soʻng, „Paxtakor“ va „Qayrat“ oʻz mamlakatlari milliy chempionatlarida qatnasha boshladilar va shunga koʻra, xalqaro turnirlarda tez-tez toʻqnash kelishmadi, faqat kamdan-kam uchraydigan oʻrtoqlik oʻyinlari bilan cheklanib qolishdi. Umuman olganda, jamoalar oʻzaro 80 dan ortiq rasmiy oʻyin oʻtkazishgan.

Sovet davrida ham Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarining yetakchi klublari — Dushanbe „Pomir“, Ashxobodning „Kopetdog“ va Bishkekning „Alga“ jamoalari „Paxtakor“ning asosiy raqiblari hisoblanardi.


Oʻzbek El Klassikosi




1990-yillardan to 2000-yillarning oʻrtalarigacha „Paxtakor“ ning asosiy asosiy raqibi Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi boʻlgan. Bu klublar oʻrtasidagi har bir uchrashuv muxlislarda katta qiziqish va hayajon uygʻotdi.

Muxlislar va OAV tomonidan bu qarama-qarshilik „Oʻzbek El Klassikosi“ deb nomlandi. Dastlabki 15 mavsumda (qisqa tanaffuslar bilan) asosan ushbu 2 klub Oʻzbekiston chempionatida 1 va 2-oʻrinlarni boʻlishib olishdi.

Oliy ligada Toshkent klublarining gegemonligi boshlanganidan keyin (2000-yillarning oʻrtalaridan) va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi natijalarining pasayishi natijasida bu qarama-qarshilik oʻrnini Toshkent derbisiga boʻshatib bergan boʻlsa-da, haligacha eʼtiborga moliklaridan biri boʻlib qolmoqda.

Toshkent derbisi




2005-yilda Toshkentda „Quruvchi“ klubi tashkil etilib, 2008-yilda nomi „ Bunyodkor “ga oʻzgartirildi. Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan ilk yillardanoq oltin medallar uchun kurashni boshladi.

2008—2011-yillarda klub qatorasiga toʻrt marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi, „Paxtakor“ esa vitse-chempionlik yoki bronza medallari bilan cheklandi.

2007-yildan buyon Oʻzbekistondagi asosiy futbol qarama-qarshiligi Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidagi kabi Oʻzbekiston Kubogiga yoʻl olgan „Paxtakor“ — „Bunyodkor“ oʻyinlari boʻlib kelmoqda.

2012-yildan beri muntazam ravishda Oliy liga gʻolibiga aylanib kelayotgan (2016—2018-yillarda esa chempion) Toshkentning yana bir klubi — „Lokomotiv“ kuchaygach, „Paxtakor“ va „Bunyodkor“ning ushbu jamoaga qarshi oʻyinlari ham „Toshkent derbisi“ nomini oldi.

Ijtimoiy mediada



Taniqli oʻzbek xonandalari Shahzoda, Rustam Gʻoipov, „Parvoz“(sobiq), „Kvartet“, „Bojalar“ va „Ummon“ guruhlari oʻz qoʻshiqlarini „Paxtakor“ futbol klubiga bagʻishladi.

Tarkib



Hozirgi tarkib




26.07.2022 holatiga[46]

Ijaraga berilgan

Texnik xodimlar



Murabbiylar shtabi



15 July 2022

Boshqaruv




Yutuqlari



Mahalliy




Xalqaro




Boshqaruv tarixi




Mashhur futbolchilar



Sobiq futbolchilar



Asosiy maqola: Toshkentning „Paxtakor“ klubi futbolchilari roʻyxati

Oʻz mamlakatlari uchun xalqaro chegaralarga ega edi. „Paxtakor“da oʻynagan vaqtida ismlari qalin harflar bilan koʻrsatilgan futbolchilar oʻz mamlakatlarini namoyish etishdi.


SSSR/Oʻzbekiston




Sobiq SSSR davlatlari

Yevropa

Janubiy Amerika

Afrika

Osiyo

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz