FK Andijan




Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon shahri sharafini himoya qiladi.

Tarixi



1964-1967, 1989-1990-yillari „ Spartak “, 1969 -1974-yillari „ Andijanets “, 1983-1985-yillari " Toʻqimachi ", 1986-1988-yillari „ Paxtakor “, 1991-1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „ Andijon “ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964-1970, 1973-1974, 1986-1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yildan boshlab Birinchi ligada ishtirok etdi. 2006-yili yana Oliy ligaa qaytgan jamoa. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija – Oliy Ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2012-yili esa Oliy Ligani tark etib bir mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunladi.

2012-yil 22-avgustda klub Oliy Ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinladi, biroq klub Oʻzbekiston Birinchi Ligasiga tushib ketdi. Klub kelasi mavsum Oʻzbekiston Birinchi Ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytdi. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng “Andijon” atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni "Bunyodkor"ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqdi. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlandi. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klub nomlari




Mahalliy tarix




Jamoa ramzlari




Yutuqlar




Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolib (3):
2005-yil, 2018-yil, 2022-yil

Oʻzbekiston Superligasi
5-oʻrin 2008-yil

Tarkibi



Amaldagi tarkibi




2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra[4]


Oʻsmirlar jamoasi




Texnik xodimlar



Joriy murabbiylar shtabi




Bosh murabbiylari



Yillar boʻyicha


Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar



Andijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamolardan biridir. „Andijon“ jamoasining deyarli har bir uy uchrashuvida 18600 tomoshabinga moʻljallangan „ Sogʻlom avlod“ stadioni toʻlib-toshgan.

„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati — Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining (viloyatlarning) asosiy jamoalaridir.

Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, u Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.

Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.

Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, Sovet davridan qolgan.

„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz