FIZIOKRATLAR



FIZIOKRATLAR (Fransuzcha physiocrates; lotincha physis — tabiat va kratos — hokimiyat) — 18-asrning 2-yarmida Frantsiyada paydo bo’lgan iqtisodiy tafakkur maktabi. Merkantsizmga qarshi qarashlar sifatida yuzaga kelgan. Asoschisi F.Kene. Uning o’quvchilari V.R.Mirabo (1715 — 89), P.S.Dyupon de Nemur (17391817), A.R.Tyurgo (172781) va boshqalar Fiziokratlarning asosiy vakillari hisoblanadi. Fiziokratlar boylikning manbai savdo emas, balki tabiat bilan bog’liq bo’lgan mehnat, ishlab chiqarish (asosan, qishloq xo’jalik sohasida) va millatning haqiqiy farovonligi yer bilan bog’liq degan qarashlarni targ’ib etganlar. F.V.Petti kabi siyosiy iqtisodda tabiiy fanlar uslubiga amal qilganlar. Fiziokratlar jamiyatga “tabiiy” jarayon sifatida qarashgan va uning rivoji “tabiiy tartib” qonunlari asosida ro’y beradi, deb izohlashgan. Fiziokratlar qarashlarida iqtisodiy kategoriyalarning ob’yektivligi tan olinadi, paydo bo’layotgan va tobora mustahkamlanayotgan daxlsiz xususiy mulk, iqtisodiyotning erkin raqobat asosida rivojlanishi, bozor narxlarining erkin o’zgarishi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini inkor etadigan jarayonlar, boylikning adolatli taqsimlanishi qo’llabquvvatlanadi. Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida “sof mahsulot” to’g’risidagi ta’limot Markaziy o’rinni egallaydi va u ishlab chiqarish chiqimlari qoplangandan keyin qoladigan mahsulot yoki daromaddir. “Sof mahsulot” (yer rentasi) faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, uni yaratuvchi mehnat unumli, ya’ni qo’shimcha qiymatni yaratadi. O’sha davrdagi jamiyatni Fiziokratlar 3 sinfga bo’ladilar: “sof mahsulot” yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi (“unumli”) sinf — fermerlar; mulkdorlar (albatta yer mulkdorlari) va sof mahsulot yaratmaydigan “unumsiz” sinf — hunarmandlar, ishchilar va boshqa shahar aholisi (dehqonchilikdan boshqa soha vakillari, sanoatchilar deb ham ataladi). Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan bo’lib kapital tahlilini boshlab berdilar, kapitalni “avans” (bo’nak) deb nomlab, uni “yillik avans” (aylanma kapital) va “dastlabki avans” (asosiy kapital) kabi tarkibiy qismlarga ajratdilar. Fiziokratlarda pul kapitali tushunchasi bo’lmagan, pul birorta avans turiga kiritilmagan. Fiziokratlar ta’kidlashicha, pul o’z holicha “unumsiz” bo’lib, pulning faqat bir funktsiyasi — muomala vositasigina tan olinadi. Fiziokratlar, xususan, Fiziokratlar Kene “Iqtisodiy jadval” (“iqtisodiy manzara”) asarida fanda birinchi bo’lib takror i.ch.ning iqtisodiy nazariyasini yaratishga harakat qildi va uni jadval va chizmalar shaklida ifodaladi. Fiziokratlar iqtisodiy siyosat sohasida savdo erkinligini (birinchi navbatda qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosida), davlatning iqtisodiyotga faol aralashmasligini, o’sha davrda mavjud bo’lgan ko’pdan ko’p soliklar o’rniga yagona yer solig’i joriy etilishini yoklaganlar. Fiziokratlar g’oyalari iqtisodiy tafakkur tarixida bo’lajak iqtisodiy modellarning muhim kurtagi bo’lib qoldi. Ad.: Kene F., Izbr. Ekonomicheskie proizvedeniya (Per. s Frans.), M., 1960; Razzoqo v A. va b., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, T., 2002. Abdumalik Razzoqov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Fiziokratlar XVII-XVIII asrlarda Yevropada paydo bo‘lgan iqtisodiy maktab hisoblanadi. Ular iqtisodiy tizimning tabiiy qonunlariga asoslanishni va agrar ishlab chiqarish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rnini ta’kidlashgan. Fiziokratlar "fizio" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z yunon tilidan olingan va “tabiiy” degan ma’noni anglatadi.

Fiziokratlar iqtisodiyotda asosiy boylik manbai qishloq xo‘jaligi ekanligini ta’kidlashgan. Ularning fikricha, faqat yer va yerga bog‘liq faoliyat mahsulot ishlab chiqaradi, sanoat va savdo esa bu jarayonda faqat oraliq vosita hisoblanadi. Ular erni bevosita tabiat tomonidan berilgan va yerning hosildorligi iqtisodiy rivojlanishning asosi ekanini ko‘rsatishga harakat qilishgan.

Fiziokratlarning asosiy tamoyillari:

  1. Tabiiy qonunlar – iqtisodiyotda tabiiy qonunlar mavjudligi va inson faoliyati shu qonunlarga muvofiq bo‘lishi lozimligi.
  2. Yer mulkining rolini e’tirof etish – yer iqtisodiy rivojlanishning infratuzilmasi, asosiy boylik manbai sifatida qabul qilinadi.
  3. Soliq tizimidagi izchillik – soliqlar faqat yer egalaridan olinishi kerak, chunki yer ishlab chiqarishni boshqaradi.
  4. "Foydali mahsulot" tushunchasi – faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqiqiy qiymat va hosil keltiradi.
  5. Bozordagi erkinlik va ozodlik – davlat iqtisodiyotga kamroq aralashishi, bozor o‘z-o‘zini boshqarishi kerak.

Fiziokratlarning eng mashhur vakillari orasida Fransuz olimlari Fransua Kene (François Qené), Anne Robert Jerk de Sisen (Anne Robert Jacques Turgot) va Pol Rike (Paul Réveillé) bor. Ularning ishlariga zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatgan, ayniqsa bozor iqtisodiyoti va erkin savdo tamoyillarining rivojlanishiga hissasi katta bo‘lgan.

Umuman olganda, fiziokratlar iqtisodiy fan rivojida muhim qadam bo‘lib, ular agrar iqtisodiyot va tabiiy qonunlarni asos qilib iqtisodiy nazariyalarni shakllantirishga hissa qo‘shganlar. Ularning fikrlari keyinchalik klassik iqtisodiyot maktabi, ayniqsa Adam Smit va boshqa iqtisodchilarning ishlariga ta’sir qilgan.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz