FITOGELMINTOLOGIYA



FITOGELMINTOLOGIYA (fito… va gelmintologiya), fitonematodologiya, agronomik gelmintologiya — gelmintologiyaning fitogelmintlar, ya’ni o’simliklarda parazitlik qiluvchi to’garak chuvalchanglar (nematodalar)ni o’rganuvchi bo’limi. Fitogelmintologiya fitogelmintlarga qarshi kurash choralari va ular paydo qiladigan kasalliklarni ham o’rganadi. Fitogelmintologiya 20-asrning 20-yildan rivojlana boshladi. O’zbekistonda Fitogelmintologiyaning rivojlanishi E.S. Kiryanova, A. T. To’laganov va boshqalarning ishlari bilan bog’liq. Fitogelmintologiya sohasidagi tadqiqotlar O’zbekiston milliy universiteti, Termiz universiteti, O’simliklarni himoya qilish instituti va bir qancha oliy o’quv yurtlari qoshidagi kafedralarda olib boriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz