FITING



FITING (inglizcha fit — yig’ish) — trubalarni ulash, ularning tarmoqlangan, burilgan, bir xil diametrdan ikkinchi xil diametrga o’tadigan joylariga qo’yish hamda ayrim joylarini butunlay berkitish uchun mo’ljallangan rezbali detal. Vazifasiga ko’ra, muftalar, tirsaklar, xochsimon, berkituvchi tiqin, berkituvchi qopqoq, egarcha, nippel, birlashtiruvchi gayka, futorka va boshqa xillarga bo’linadi. Bir xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi Fiting to’g’ri, har xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi Fiting o’tish Fitingi deb ataladi. Fiting bolg’alanuvchan cho’yan, po’lat, plastmassa va boshqa materialldan yasaladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz