FITCH (FITCH) VAL LOGSDON (1923.10.3, Merriman) — amerikalik fizik, AQSh Milliy akademiyasi a’zosi (1966). Makgill universitetini tugatgan (1948). Kolumbiya universiteti (1953— 54), Prinston universitetlarida (1954 yildan) ishlagan, falsafa fanlari doktori (1954), professor (1960 yildan). Ilmiy ishlari yadro va mezon fizikasi hamda elementar zarralar fizikasiga oid smezon massasini (J. Reynuoter bilan), myumezon chiqaradigan rentgen nurlari spektrini o’lchagan, myumezoatomlarini kashf etgan (1953). Tartib raqami 13^85 oralig’idagi yadrolar radiusini o’lchadi va 1,210 13 santimetrga tengligini ko’rsatdi (1953). Tauva teta mezonlar yashash vaqti tengligini eksperimental tasdiqladi (1956), Gmezonni kashf etdi (1960). J. Kronin va boshqalar bilan 1964 yilda neytral kaonning noyob yemirilishini anikladi. Birinchi marta K° va K°mezonlar interferentsiyasini kuzatdi (1965). Nobel mukofoti laureati (1980).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish