FISHER ERNST OTTO



FISHER ERNST OTTO (1918.10.11, Solna) — nemis organik kimyogari. Myunxen oliy texnika maktabini tugatgach, shu maktabda ishlagan (1949 yildan), professor (1964 yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Texnesiy (Ts) va transuran elementlarning [plutoniy (ri) dan Kaliforniy (Cf) gacha] metallorganik hosilalarini sintez qilgan, uglerod bilan 5f elektron konfigurasiyali metallar orasida kimyoviy bog’hosil bo’lishi mumkinligini aniqlagan. Ilk bor oraliq metallarning barqaror karben komplekslarini olgan, oraliq metall — ikki valentli uglerod bog’ining fizik xossalarini mukammal o’rgangan (1964), metallarning karbin komplekslarini sintez qilgan (1973). Nobel mukofoti laureati (1973, J. Uilkinson bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz