FISGARMONIYA (Yunoncha physa dam, puflash va garmoniya) — klavishli damli musiqa cholg’u asbobi. 1810 yilda G. J. Grene (Parij) ixtiro qilgan. Shakli kichraytirilgan pianinota o’xshash. Oyoq pedali bilan dam beriladi. Klavishlar bosilishi bilan klapanlar ochilib, maxsus kanallar orqali yuborilgan havo bosimi yordamida po’lat tilchalar tebranib sado chiqaradi. 1-2 klaviatura (Manual), 6— 20 registrta ega. Diapazoni 5 oktavagacha bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish