Firudin Safarov




Firudin Sattar oʻgʻli Safarov (1933-yil 1-avgustda tugʻilgan) — sovet-ozarbayjon, oʻzbek musiqachisi, rejissor, musiqa oʻqituvchisi. Ozarbayjon xalq artisti (1992-yilda), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1986-yilda). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati. Toshkent davlat konservatoriyasi professori.

Tarjimai hol



Firudin Sattor oʻgʻli Safarov 1933-yil 1-avgustda Boku (Ozarbayjon) shahrida tugʻilgan.

Maktabni bitirgach, uni musiqaga boʻlgan qiziqishi Firudinni Ozarbayjon davlat konservatoriyasining zarbli cholgʻu asboblari boʻyicha tahsil olishga undaydi. 1953-1964-yillarda Uzeyir Gojibekov nomidagi Ozarbayjon davlat simfonik orkestrida buyuk dirijyor Niyoziy rahbarligida ta’lim olgan. 1968-yilda esa u Rim-Korsakov nomidagi Leningrad davlat konservatoriyasining musiqali teatr rejissorligi fakultetini tamomlagan.

1968-yilda Ozarbayjon Davlat akademik opera va balet teatrida rejissor sifatida Safarov qisqa vaqt ichida bir qancha opera spektakllarini sahnalashtirdi, qobiliyatli rejissor sifatida teatr sohasida obroʻ-e’tiborga ega boʻldi. Ijodiy faoliyati davomida unga Ozarbayjon Respublikasida oʻtkaziladigan 40 ga yaqin davlat miqyosidagi tadbirlarni tayyorlash topshirilgan.

1977-yilda Navoiy nomidagi Toshkent akademik katta opera va balet teatriga ishga taklif qilinadi. Uzoq vaqt shu teatrda bosh rejissor boʻlib ishladi. U yillar davomida 60 ga yaqin opera spektakllarini, jumladan, P.I.Chaykovskiyning “Qaroqchi”, “Iolanta”, K.Verdining “Traviata”, “Rigoletto”, “Trubadur”, Rossinining “Sevilya sartaroshi”, S.Prokofevning “Olov ichidagi farishta” va boshqalarni sahnalashtirgan.

Fridun Safarov Oʻzbekistondagi ommaviy bayramlarning badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi-rejissori sanalgan.

Ozarbayjondan tashqarida boʻlgan Safarov Ozarbayjon Davlat akademik opera va balet teatrida daho Uzeyir Gojibekovning “Layli va Majnun”, “Goʻroʻgʻli” operalarini, shuningdek, Ozarbayjon bastakori Vasif Adigoʻzalovning "Notavon", zamonaviy turk bastakori Nevit Kodallaning “Van Gog” operalarini sahnalashtirishga muvaffaq boʻldi.

Uzoq yillar mobaynida Toshkent davlat konservatoriyasi opera kadrlarini tayyorlash fakultetida oʻqituvchi boʻlib samarali faoliyat olib borgan. Firudin Safarov 2002-yildan Toshkent davlat konservatoriyasi professori boʻlgan.

Ayni kunda u Toshkentda yashab, ijod qiladi.

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz