Firoza Begum (qoʻshiqchi)
Firoza Begum (bengalcha: ফিরোজা বেগম: 1930-yil 28-iyul - 2014-yil 9-sentyabr) - Bangladeshlik Nazrul Geeti qo'shiqchisi. U 1979-yilda Bangladesh hukumati tomonidan Mustaqillik kuni mukofoti bilan taqdirlangan.
Yoshligi va karyerasi
Firoza Begum 1930-yil 28-iyulda Gopalganj tumanida Ratail Ghonaparxa zamindor oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Muhammad Ismoil va Begum Kovkabunnesa edi. U bolaligidan musiqaga qiziqib qolgan. U oʻz faoliyatini 1940-yillarda boshlagan.
Firoza Begum oltinchi sinfda oʻqib yurgan chogʻida birinchi marta Butun Hindiston radiosida qoʻshiq kuylagan. U xalq shoiri Qozi Nazrul Islom bilan 10 yoshida tanishgan. Sonʼgra Firoza Begum uning shogirdi boʻldi. 1942-yilda u HMV plastinafon kompaniyasi tomonidan oʻzining birinchi islomiy qoʻshigʻini 78 rpm disk formatida yozib oldi. Oʻshandan beri 12 ta LP, 4 ta EP, 6 ta CD va 20 dan ortiq audiokassetalar chiqarildi. U 1954-yildan 1967-yilda Dakkaga koʻchib kelguniga qadar Kalkuttada yashadi.
Shaxsiy hayoti
1956-yilda Firoza Begum qoʻshiqchi, bastakor va soʻz muallifi Kamol Dasguptaga (u nikohdan oldin Islomni qabul qilgan va Kamol Uddin Ahmad ismini olgan) turmushga chiqdi. Kamol 1974-yil 20-iyulda vafot etdi. Ularning uchta oʻg'lidan ikkitasi Hamin Ahmad va Shafin Ahmad musiqachi boʻldi. Ular hozirda Miles rok guruhining aʼzolaridir.
Vafoti
Firoza Begum 2014-yil 9-sentyabr kuni Dakkaning Apollo kasalxonasida yurak va buyrak muammosi tufayli vafot etdi.
Mukofotlar va unvonlari
Mukofotlari
Unvonlari
Merosi
"Feroza Begum xotirasi oltin medali" 2016-yilda Dakka universiteti tomonidan joriy qilingan. Ushbu medal sovrindorlari har yili hakamlar hayʼati tomonidan milliy tan olingan musiqa sanʼatkorlari orasidan tanlanadi.
2018-yil 28-iyul kuni Google Firoza Begimning 88 yilligini Google Doodle bilan nishonladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org