Firdavsiy hikmatlaridan



Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,    Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.* * *Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir. * * *Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.* * *    Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,    Qarosin yuqtirar doimo qozon* * *Donolar so‘ziga quloq ilmasang, Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.* * *Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.* * *Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.* * *Tajribali it barsni tutib yer,Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.* * *Aql ulug‘likka etadi payvand,Aqlsizning doim oyog‘ida band.* * * Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga,Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.* * *Birovga sog‘insa har kim yomonlik,Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik.* * *To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.* * *Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.* * *Gapirmagan gaping ichingda nihon,Har tomon yoyilar aytganing zamon.* * *O’zining aybini bilganda odam,Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.* * *O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.* * *O’z yovin parvarish qilgan odam xom,Jahonda chiqarar axmoq degan nom.* * *Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon.



Uzpedia.uz