Firdavsbek Musabekov




Firdavsbek Ulugʻbek oʻgʻli Musabekov (tugʻ. 1997-yil 11-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Olimpiya chempioni, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Jahon chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.

Martaba



2008-yildan boshlab Firdavsbek oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahridagi „Delfin“ sport klubida suzishni boshlagan. 2015- yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqda.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u ukrainalik suzuvchi Aleksey Fedin bilan birga SB13 100 metrga brass usulida suzishda 1: 04,94 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musabekovni "Oʻzbekiston iftixori " faxriy unvoni bilan.

Firdavsbek Musabekov 2018-yilda Berlinda (Germaniya) boʻlib oʻtgan Xalqaro Paralimpiya Jahon suzish seriyasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medal, 200 metrga esa xuddi shu uslubda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida birinchi oʻrinni egalladi va kompleks bilan SM13 toifasida 200 metr masofaga kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yilda esa Firdavsbek Londonda (Buyuk Britaniya) paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha 1:05.85 natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz