Firdavs Sharipov




Firdavs Xolnazarovich Sharipov (tugʻ. 7-sentyabr 1983-yil, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek mafkurachisi va siyosatchisi, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiya



Firdavs Sharipov 7-sentyabr 1983-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2000-2003-yillarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi A.Hidoyatov nomidagi kolxozda hisobchi boʻlib ishlagan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yoʻnalishini. 2007-2012-yillarda Termiz ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida dars bergan. 2012-yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga dastlab bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, keyin guruh rahbari, soʻngra rahbar oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2017-yilda Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari etib tayinlangan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi saylandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tayinlandi.

2021-yilda boʻlib oʻtgan Prezident saylovida u Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaning ishonchli vakili boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz