FINVAL



FINVAL, seldsimon kit (Balaenoptera physalus) — tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi. Arktikadan Antarktikagacha bo’lgan joylarda tarqalgan. Uzoq Sharq dengizlarida, kamdankam Barents va oq dengizlarda uchraydi. Urg’ochisi gavdasining uzunligi 19-20 metr (ba’zan 27,3 metr, odatda, erkaklari urg’ochisidan 1 metrgacha kalta). Usti to’q kulrang, qorni oq, boshining o’ng qismi chapiga nisbatan oqishroq. Mo’ylov plastinkalari (har qatorda 360 ga yaqin) kulrang ko’k. Bolasining uzunligi 6-7 metr Finval qisqichbaqasimonlar, baliqlar, boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketganligi sababli ovlash taqiqlanadi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz