Finnaes O'Connell




Finneas Baird OʻConnell ( talaffuzi: Fines Berd O'Konnel) (1997-yil 30-iyulda tugʻilgan), Finneas nomi bilan tanilgan (FINNEAS shaklida qoʻllaniladi ) , — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, prodyuser va aktyor. U turli sanʼatkorlarga, jumladan, singlisi Billie Eilishga musiqa yozib, prodyuserlik qilgan. U jami 13 nominatsiya orasidan sakkizta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan. Singlisi bilan qilgan ishlari uchun ikki marta „Yil rekordi“, „Yil albomi“, „Yil qoʻshigʻi“, „Eng yaxshi pop-vokal albom“ va „Eng yaxshi tuzilgan albom(klassik boʻlmagan)“ va „Eng yaxshi yangi ijrochi“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Ularning „No Time To Die“ soundtreki xuddi shu nom ostidagi film uchun Akademiya mukofoti, Oltin globus va yana bir Grammy mukofotiga sazovor bo'lgan.

Finneas yakkaxon ijrochi sifatida bir necha qoʻshiqlar muallifi. Ularni birga kichik, debyut albom sifatida jamlab, 2019-yil oktyabr oyida Blood Harmony sifatida taqdim etiladi. Kichik albomda uning hozirgi kundagi eng muvaffaqiyatli qoʻshigʻi hisoblanmish "Letʼs Fall in Love for the Night" mavjud. Bu uning hozirgi kundagi eng muvaffaqiyatli qoʻshigʻi boʻlib, AQShning Billboard Alternative Songs chartida 17-oʻrinni egallagan.Uning Optimist debyut albomi Interscope Records studiyasi orqali 2021-yil 15-oktabrda dunyo yuzini koʻradi.

Finneas 2013-yilda „Life Inside Out“ filmida rol ijro etgan. U Foxning Glee musiqiy komedik-drama serialidagi Alistair roli bilan tanilgan. Shuningdek, Amerikaning „Modern Family“ sitkomida ham ishtirok etgan.

Yoshligi




Finneas Los-Anjelesda aktrisa va ssenarist Maggie Baird va aktyor Patrick OʻConnell oilasida tugʻilgan, ota-onaning ikkisi ham ijrochi bo'lishgan2010-yilda, 12 yoshida onasi bilan qoʻshiq yozish darsiga qatnashadi va o'sha vaqtdan boshlab qoʻshiq yozishni boshlaydi.

Faoliyati




Qoʻshiq yozishi va prodyuserligi




Finneasning soʻzlariga koʻra, bolaligida singlisi Billie Eilish bilan o'ynagan "har xil qahramonlarga aylanish" o'yin tajribasi musiqa yozishda yordam bergan. U shunday deydi: „Ijodkorni eshitish va unga taqlid qilish prodyuser va qo'shiq muallifi sifatida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi“. U singlisi uchun yozganida, BIllienig hayotiga mos tushuvchi qoʻshiq matni yozishni xohlaydi va u Billie bilan birga yozganda qanday holatni tasvirlamoqchi boʻlgani, gʻoyalarini yanada rivojlantirish uchun, Billiening har bir fikrini eʼtibor bilan eshitishga harakat qilgan."

Boshqa ijodkorlar kabi, yozayotganingizda hikoyani gapirib beradigan ovoz avvalo o'zining tiliga mos bo'lishi kerak... Har kishining o'z lug'ati, gap tuzish strukturalari o'zgacha bo'ladi, agar kundalik gaplari va qo'shiqlaridagi so'zlar o'rtasida notabiiylik kuzatilsa o'zi tomonidan yozilmagani juda oson bilinib qoladi, shuning uchun men iloji boricha tabiiylika e'tibor beraman. Boshqalar bunga ijodkorning o'zi qanday qarashiga qiziqishadi. Biror ijodkor "bu juda ajoyib so'zlar" degani bilan ulardan so'rab ko'rish kerak: "Bu siz uchun qulaymi? Har kuni kiyib yurish mumkin kiyimdek qulaym?" [15]

Finneas „Ocean Eyes“ qoʻshigʻini aslida oʻzining guruhi uchun bastalaydi. Eilishga qoʻshiqni uning raqs oʻqituvchisi raqs xoreografiyasi uchun qoʻshiq yozishni uy ishi qilib bergani uchun Finneas Billiega taqdim etgan. Qoʻshiq SoundCloudga joylanganidan soʻng turli vebsaytlarda tarqaladi. Finneasning menjeri u bilan 2015-yilning noyabr oyida aloqaga chiqib, Eilishning isteʼdodi haqida gapirib beradi. Soʻng, Finneas Eilishga A&R Platoon kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga undaydi. U Eilishning AQShning Billboard 200 chartida 14-oʻrinni egallagan Donʼt Smile at Me (2017) debut albomiga hammualliflik qilgan. Finneas Eilishning debyut studio albomi, When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019)ga ham hammuallif bo'lgan. Ushbu albom AQShning va Angliyaning chartlarida juda yuqori oʻrinni egallaydi.U 2020-yilning Grammy Awardsni Eilishning „Bad guy“ qoʻshigʻi uchun Yil qoʻshigʻi va Yil prodyuseri(klassik boʻlmagan yoʻnalishda); When We All Fall Asleep, Where Do We Go? uchun Yil albomi va klassik boʻlmagan yoʻnalishdagi eng zoʻr bastalangan albom uchun qoʻlga kiritadi.

Shuningdek, u Grammy sovrindorlari Koutino egizaklari bilan hamkorlik qilgani maʼlum. U 2019-yilda Selena Gomezning " Lose You to Love Me "yakkaxon qoʻshigʻi, Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan va Camilla Cabelloning 2019-yilgi Romance albomidagi ikkita qoʻshigʻiga prodyuserlik qildi. U, shuningdek, Ashe tomonidan "Moral of the story "ni ishlab chiqargan va Jon Legend bilan nashr qilinmagan qoʻshiq ustida hamkorlik qildi. O'Connell 2021-yilgi " The Fallout" oʻsmirlar uchun moʻljallangan dramatik filmi uchun musiqa yozgan.

Yakkaxon musiqiy faoliyati



U 2015-yilda Warped Tourda ishtirok etganThe Slightlys guruhining solisti va qoʻshiq muallifi. Uning birinchi yakkaxon qoʻshigʻi „New Girl“ 2016-yilda, musiqiy videosi esa 2019-yilda2017-yilda „I’m in Love Without You“ va 2018 yilda, „Break My Heart Again“, „Heaven“, „Life Moves On“, „Landmine“, „Hollywood Forever“, „College“, „Luck Pusher“ va „Letʼs Fall in Love for the Night“ qoʻshiqlarini taqdim etdi. 2019-yil boshida Finneas Nyu-York va Los-Anjelesda oʻzining ilk „sold-out“ shoularini oʻtkazdi.

Uning debyut albomi boʻlmish, Blood Harmony 2019-yil 4-oktabrda chiqdi albomning ilk qoʻshigʻi „I Lost a Friend“ 2019-yil 25-iyunida , ikkinchi singl „Shelter“ 2019-yil 22-avgustda va uchinchi singl „I Donʼt Miss You At All“, 2019-yil 20-sentabr da dunyo yuzini koʻrdi. 2019-yil oktabr oyida u Austin City Limits qilgan chiqishidan tashqari, AQShning beshta shahrida o‘zining ilk gastrol safarini boshladi.

2020-yil 7-avgustda u oʻzining „Break My Heart Again“ va „Letʼs Fall of Fall for the Night (1964)“ nomli ikkita yangi qoʻshiqni oʻz ichiga olgan " Blood Harmony " albom debyutning kutilmaganda lyuks variantini chiqaradi. Taxminan ikki hafta oʻtgach, OʻConnell „What They’ll Say About Us“" nomli yana bir yangi qoʻshigʻini chiqardi. U AQShning Billboard Alternative Songs chartida 17-o‘rinni egallaydi. 21-oktabr kuni Finneas oʻzining Internetga boʻlgan sevgi-nafrat munosabati haqidagi „Canʼt Wait to Be Dead“ singlini va ertasi kuni Constellation Jones rejissyori tomonidan ishlangan klipini ommaga namoyish etadi

Aktyorligi



2011 yilda Finneas „Bad Teacher“ komediya filmida talaba rolini oʻynadi. 2013-yilda u onasi Maggie Baird tomonidan yozilgan va bosh rolni ijro etgan "Inside Out Life" filmida birga rol ijro etishgan. U „Modern Family“ va " Aquarius " filmlarida takroriy mehmon rollarini ijro etgan va 2015 yilda " Glee " musiqiy komediya-drama teleserialining soʻnggi mavsumida Alistair rolini oʻynagan.

Shaxsiy hayoti



Finneas Los-Anjelesda oʻsgan. U 2018-yil sentyabr oyidan beri YouTuber Claudia Sulewski bilan munosabatda. Uning „Claudia“ singli ular uchrashgan kechaning ertasiga yozilgan.

U vegetarian boʻlgan, undan soʻng vegan boʻlgan. Unda sinesteziya bor.

Diskografiyasi



Studiya albomlari

Kichik albomlari

Gastrol safarlari



Ilk konserti

Kinometografiyasi




Mukofotlari va nominatsiyalari




Manbalari




Tashqi havolalari




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "upper-alpha", but no corresponding <references group="upper-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz