Finlyandiyadagi somaliliklar




Finlandiyadagi somaliliklar (fin: Suomen somalit, shved. Somalier i Finland) — Finlandiyadagi etnik jamoa boʻlib, uning vakillari somalidan kelib chiqqan. Jamiyat sonini — 20 007 dan ortiq kishini tashkil etadi (2017), bu mamlakat aholisining taxminan 0,4 %ni tashkil qiladi. Ona tili — somali.

Tarixi



Somalidan kelgan ilk qochqinlar Finlandiyaga 1990-yillarning boshida kelgan. 1990 dan 1995-yilgacha Finlandiyada somaliliklar soni 44 dan 4044 gacha oʻsdi. 2008-yilga kelib esa Finlandiyada 4,919 Somali fuqarosi istiqomat qilgan, somali tilida soʻzlashuvchilar soni 10,647 nafarga yetgan. Shuningdek, 2008-yilda 595 somaliliklar Finlandiya fuqaroligiga ega boʻlishdi. Biroq, 2009-yilda Finlandiyada yashovchi Somali fuqarolari soni 5570 yetdi.

2010-yil holatiga koʻra, Finlandiyadagi somaliliklar oʻrtasidagi ishsizlik 50 % dan oshdi (finlar orasida — 8,7 %, rus tilida soʻzlashuvchilar orasida — 28 %).

2012-yilning 10-sentabr kuni Finlandiya Somali ittifoqi vatandoshlarini Somalining yangi saylangan prezidenti Hasan Mahmudni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan.

2012-yil sentabr oyida Yevropa Kengashining Inson huquqlari boʻyicha komissari Nils Muyjnieks oʻz maʼruzasida Finlandiya somalilarga (shuningdek rusiyzabonlar va loʻlilarga), birinchi navbatda bandlik sohasida kamsitishlarga qarshi kurashni kuchaytirishi kerakligini taʼkidlagan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz