Finka




Finna , finka — tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli lichinkalik bosqichlaridan biri. Oraliq xoʻjayinda parazitlik qiladi. F. pufakcha koʻrinishida boʻlib, uning ichida chuvalchang lichinkasining bitta yoki bir nechta boshchasi bor. F. oraliq xoʻjayinning har xil organlari (odatda, muskullar, jigar, miya, upka)da rivojlanadi. Asosiy xoʻjayin (odam yoki umurtqali hayvonlar) F.li organni yeb chuvalchangni yuqtiradi. F.dan asosiy xoʻjayin organizmida yetuk chuvalchang rivojlanadi. F.ning sistitserkoid (6 ilmokli boshcha), senur (bitta pufakda bir necha boshcha), exinokokk (bitta yirik pufakda 2, 3 va h.k. tartibdagi pufakchalar va ular ichidagi boshchalar), protserkoid va boshqa xillari boʻladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz