Finikiy tili




Finikiy tili — som tillarining xanaan guruxchasiga mansub va miloddan avvalgi 2—1ming yillik — milodiy 1ming yillikda Finikiyada hamda Oʻrta dengiz soqillaridagi finikiy mustamlakamanzilgohlari (Kipr, Sitsiliya, Sardiniya, Messaliya, Ispaniya, Shimoliy Afrika)da tarqalgan (keyinchalik ulik) til. Finikiy tili Finikiyaning oʻzida milodiy 2-asrda isteʼmoldan chiqqan; Shimoliy Afrikada esa soʻnggi davr Finikiy tili (yangi puna tili) arablar istilosi davri (8-asr)gacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 2ming yillik oʻrtalaridan milodiy 2-asr gacha (Finikiya) va milodiy 3—4-asrlargacha (Oʻrta dengizning garbi) boʻlgan davrga mansub yozma yodgorliklar orqali maʼlum; dialektal jihatdan shim. finikiy, jan. finikiy, kipr, puna lahjalariga boʻlinadi. Finikiy tilining morfologiyasi va leksikasi boshqa som tillariniki, xususan, ivritnikiga oʻxshash. Finikiy tili fonetikasining u mansub boʻlgan guruhchadagi boshqa tillardagidan oʻziga xos tomonlari bor. Umumsomiy 28 undoshdan, grafikasiga koʻra, 22 tasi saqlanib qolgan. Vokalizm (unlilar) sohasida ham anchagina farqlar boʻlgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz