Fineas Geyj




Phineas P. Gage (talaffuzi: Fineas Geyj; 1823 — 1860) — baxtsiz hodisa tufayli miyasiga katta zarar yetishiga qaramay omon qolgan amerikalik temir yoʻl inshooti ustasi boʻlgan. Miyasining chap manglay qismini temir chiviq yorib oʻtgan. Bu shikastlanishdan soʻng, u 12 yil umr koʻrdi. Oʻtgan 12 yil ichida, uning orttirgan bu jarohati uning shaxsiyatiga yetarli darajada keskin taʼsir etdi, hatto doʻstlari uni „endi Gage emas“ deb hisoblashdi. 

Uzoq vaqtlardan buyon „Amerikadagi lom hodisasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan ushbu hodisa „boshqa hodisalardan koʻra koʻproq hayratda qoldirgan, prognozlarni larzaga solgan va hatto fiziologik tamoyillarni chetlab oʻtgan hodisadir“, deb ifodalandi. Phineas Gage 19-asrning oʻrtalarida muhokama qilinmish miyaga oid munozaralarga taʼsir koʻrsatib, birinchilar qatorida miyaning ayrim qismlarining shikastlanishi shaxs va uning feʼl-atvoriga taʼsir etishi, hatto ruhiy oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz