Final Fantasy III




Final Fantasy III (yaponcha: ファイナルファンタジーIII fainaru fantadzi: suri?) —Yapon rolli oʻyini Nintendo Family Computer platformasi uchun 1990-yilda Square (hozirgi Square Enix) tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan. Bu Final Fantasy video o‘yinlari seriyasining uchinchi qismidir. 1990-yil 27-aprelda Yaponiyada chiqarilgan ammo oʻyin gʻarbda chiqarilmagan (barcha Final Fantasy oʻyinlaridan yagonasi).

U Rossiyada rasman nashr etilmagan, ammo 2008-yil dekabr oyining oxiriga kelib, NDS versiyasi uchun fan tomonidan ruscha tarjimasi bilan patch qilingan. Famicom versiyasi uchun tarjima patchi ham 2005-yilda toʻliq yakunlangan.


Oʻyin jarayoni



Final Fantasy III oʻyini dastlabki ikkita oʻyinning elementlarini, shuningdek, oʻziga xos elementlarni birlashtiradi. Innovatsiyalarga quyidagilar kiradi:

Umuman olganda, oʻyinda 4 ta doimiy qahramonlar, shuningdek bir nechta vaqtinchalik qahramonlar (Sid, malika Sara, Dash, Eliya, shahzoda Alus va boshqalar) va 23 ta kasbni tanlash mumkin:

Syujet



Syujet yorugʻlik kristaliga singib ketgan bir guruh yoshlar atrofida sodir boʻladi. U shuningdek, ularga dunyo muvozanatini tiklash uchun gʻayritabiiy qobiliyatlarni beradi.

Ishlab Chiqilishi



Vizual ravishda, Final Fantasy III Final Fantasy va Final Fantasy II ga oʻxshaydi. Final Fantasy III oʻyin davomida oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan Kasblar yoki Ishlar tizimini joriy etish bilan oʻyin jarayonini sezilarli darajada kengaytiradi. Final Fantasy III-dagi yana bir muhim oʻzgarish — avtomatik nishonni oʻzgartirish tizimi; agar seriyadagi oldingi oʻyinlarda qahramon oldingi oʻldirilgan dushmanga hujum qilsa, u shunchaki havoga urilar edi va „Ishlamadi“ xabari paydo boʻlardi.

Eʼtiborga molik oʻzgarishlardan biri shundaki, oʻyin ichidagi barcha menyular va oynalarning fon rangi qoradan koʻk rangga oʻzgartirildi. Final Fantasy III, shuningdek, seriyada birinchi marta Chaqirish, Otish va Sakrash kabi noyob jangovar personajlarni taqdim etdi.

Sharhlar




Oʻyin bir nechta platformalarda tanqidchilarning ijobiy sharhlarini oldi.

Qayta nashrlar



2006-yilda u Nintendo DS uchun zamonaviy 3D grafika va texnologiyada qayta chiqarildi, AQSh va Yevropa mamlakatlarida ushbu formatda nashir etildi. Oldingi oʻyinlarda boʻlgani kabi WonderSwan Color uchun remeyk ishlab chiqish rejalari bor edi, biroq koʻplab kechikishlardan soʻng reliz bekor qilindi.

Oʻyin 2011-yilda Apple iOS -da ham chiqarildi.

2012-yil 27-iyun kuni Square Final Fantasy III-ni Android platformasiga portlashtirildi.

2012-yil 20-sentabrda ishlab chiquvchilar o‘yinni PSP-ga portlashtirdi.

2014-yil 27-mayda ishlab chiquvchilar o‘yinni shaxsiy kompyuterga portlashtirildi va o‘yin Steam raqamli do‘konida xarid qilish mumkin bo‘ldi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz