FILLIT (Yunoncha phyllon — varaqsimon) — serisit yoki xloritning mayda tangachalaridan tarkib topgan, yupqa varaqsimon metamorfik tog’jinsi. Fillit tarkibida chaqiq kvars donachalari va ba’zan, albitning yangi hosil bo’lgan kristallari mavjud. Rangi, odatda, to’q kulrang yoki qora. Fillit gilli slaneslar va argillitlarning metamorfizmi jarayonida hosil bo’ladi. Metamorfizm darajasi oshgan sayin, slyudali slaneslarga aylanib boradi. Fillitning serisitli, xloritli turlari ma’lum. O’zbekistonda Qurama va Chatqol tog’larida, Farg’ona Janubda, Qizilqumda, asosan, biotitli va xloritli Fillitlar ko’p uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish