FILISTIMLIKLAR



FILISTIMLIKLAR (qadimgi yahudiycha — pelishtim) — xalq, O’rta dengizning Jan.Sharqiy sohillarida miloddan avvalgi 12-asrdan yashagan “dengiz xalqlari”dan. Filistimliklarning yahudiylar bilan urushlari bir qancha qadimgi Sharq rivoyatlarida saqlangan. Miloddan avvalgi 8-asrdan Ossuriya tomonidan tobe ettirilgan. Filistimliklardan Falastin nomi kelib chiqqan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz